Referat mavzulari ro’yxati
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gidrofizik xossalar Suv shimuvchanlik
G‘ovaklik (P) material to‘la hajmidagi (V) g‘ovaklar (V
p ) hajmi bilan belgilanadi: P=V p /V Yoki P=(1-/ m //) . 100% Materiallar g‘ovaklari havo, gaz Yoki suv bilan to‘la bo‘lib, katta oraliqda bo‘ladi (0 dan 98% gacha). G‘ovaklik materiallarning asosiy xossalarini ifodalovchi ko‘rsatkichdir. Bu ko‘rsatgichlar orqali materiallarning mustahkamligi, o‘rtacha zichligi, namlanuvchanligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, sovuqqa va kimyoviy muhitlarga chidamliligi va boshqa xossalari to‘g‘risida tushuncha hosil qilish mumkin. YOpiq g‘ovaklarning ko‘pligi material chidamliligini belgilaydi. Uning g‘ovaklari haqidagi to‘liq ma’lumotni simob porometriyasi usulida olinadi. Bu usulga ko‘ra materiallarning differensial va integral g‘ovakligi, ya’ni g‘ovaklarning xarakteri va radiusi to‘g‘risida xulosaga kelish mumkin. Solishtirma yuza (S, sm 2 /g) materialga adsorbsiya qilingan suv bug‘i (Yoki gaz) bilan uning g‘ovaklari ichki yuzasini monomolekulyar qoplama massasiga proporsionaldir, boshqa so‘z bilan aytganda 1 g material kukuni zarrachalarini bir qator o‘zaro zich qilib joylaganda tashkil etgan yuzani tushunmoq kerak: S (a 1 . N/M) . m , bu yerda: a 1 -bir adsorbsion molekula bilan qoplangan yuza; suv molekulasi uchun a 1 10,6 . 10 -16 sm 2 ; N 6,06 . 10 23 Avagadro soni, M- adsorbsiya qilingan gaz molekulyar massasi (suv bug‘i uchun M 18). Gidrofizik xossalar Suv shimuvchanlik deb g‘ovak materiallarning suv shimish va suvni o‘zida ushlab turish xususiyatiga aytiladi. Suv shimuvchanlik ko‘rsatkichi materiallarning to‘yinishi uchun sarflangan suv massasining shu material quruq xolatdagi massasiga bo‘lgan nisbati bilan ifodalanadi. Material g‘ovaklarining suvga to‘la qondirilgan holati uning hajmiy suv shimuvchanligi deyiladi. Odatda, mikrog‘ovaklar suv bilan butunlay to‘lmasligi sababli materiallarning suv shimuvchanligi uning absolyut g‘ovaklari hajmidan kam bo‘ladi. Chunki materialdagi mikrog‘ovaklar (0,0001-0,001 mm) normal atmosfera bosimida suvga to‘lmaydi. Materiallarning massasiga nisbatan suv shimuvchanligi quyidagi formula orqali aniqlanadi: 3. W m =[(m 1 -m)/m] . 100% , bu yerda: m-materiallarning quruq xolatdagi massasi –g, kg; m 1 - materiallarning suv shimdirilgan xolatdagi massasi-g, kg; Materiallarning hajmiy (V) suv shimuvchanligi quyidagicha aniqlanadi: W v [(m 1 -m)/V] . 100% Suv shimuvchanlik materialni asta-sekin suvga cho‘ktirish, qaynatish va bosim ostida shimdirish usullari bilan aniqlanadi. Sochiluvchan materiallar (qum, shag‘al, giltuproq) namligi dielkometrik yoki neytron usullari bilan aniqlanadi. Bu usullar materialning suv ta’sirida dielektrik xossasini o‘zgarishiga yoki tezlatilgan neytronlarning materialdan o‘tish tezligiga asoslangan. Ba’zi materiallarning suv shimuvchanligi (massasiga nisbatan, % da): oyna va po‘lat-0; granit 0,02-0,7; oddiy og‘ir beton 2-4; oddiy g‘isht 8-15; penoplast 100-200 va undan ko‘p. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling