Referat mavzulari ro’yxati
Tog‘ jinslari va jins hosil qiluvchi minerallar
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1 Magmatik tog‘ jinslar
2. Tog‘ jinslari va jins hosil qiluvchi minerallar
Tog‘ jinslari shakllanish jixatidan uch genetik guruxlarga bo‘linadi: silikatli qotishma (magma) ning qayta kristallanishidan hosil bo‘lgan magmatik jinslar, tog‘ jinslarining nurashidan hosil bo‘lgan cho‘kindi tog‘ jinslari, yer qatlamida fizik-kimyoviy sharoitda qayta kristallanib, ko‘rinishi o‘zgargan metamorfik tog‘ jinslaridir (2.1-jadval). 2.1 Magmatik tog‘ jinslar Magmatik jinslar magmaning vulkanik harakatlar natijasida yer yuziga toshib chiqishidan yoki yerning Yoriq va bo‘shliqlarida qotishidan hosil bo‘ladi. Magmaning sovush sharoitiga nisbatan chuqurlikda qotgan (intruziv) va toshib chiqqan (effuziv) turlarga bo‘linadi. Chuqurlikda qotgan magmatik tog‘ jinslarga granit, sienit, diorit, gabbro va boshqalar kiradi. Bunday jinslar yuqori bosim va kislorodsiz muxitda asta- sekin sovugani uchun o‘ta zich kristall strukturaga ega bo‘ladi. Toshib chiqqan magmatik jinslar (bazalt, andezit, diabaz, porfir va sh.k.) yer yuzida tezlik bilan sovushi natijasida to‘la kristallanmagan bo‘ladi. Sovush davrida gazsimon moddalarning ajrab chiqishi g‘ovak toshlarni (pemza, tuf) hosil qiladi. Magmatik jinslarni hosil qiluvchi asosiy minerallarga kvars, dala shpatlari, temir- magnezialli silikatlar kiradi. 1-jadval Tog‘ jinslarining genetik klassifikatsiyasi Magmatik jinslar Massiv CHuqurlikdagi Granit, sienit, diorit, gabbro Toshib chiqqan Porfir, kvars, diabaz, traxit, porfirit, andezit Bo‘laklangan otilib chiqqan) Sochiluvchan Vulqon kuli, pemza Sementlanga n Vulqon tufi CHo‘kindi jinslar Mexanik cho‘kindilar Sochiluvchan sementlangan Giltuproq, qum, shag‘al, qumtosh, konglomerat, brekchiya Kimyoviy cho‘kindilar Gips, angidrit, magnezit, dolomit, ohak tufi, ohaktosh Orgonogen cho‘kindilar CHig‘anoqli ohaktosh, mel, diatomit, trepel Metamorfik jinslar Gneyslar (granitsimonlar), gil, slanetslar, (giltuproqli), marmarlar (ohaktosh, dolomitlar), kvarsitlar (qumtoshlar) 1-rasm. Struktura turlari (sxemasi) a) notekis donador; b) tekis donador. Kvars (SiO 2 ) kristall tuzilishga ega bo‘lib, o‘ta zich, mustahkam va agressiv muxitlarga chidamli. Kvarsning siqilishdagi mustahkamligi 2000 MPa gacha, cho‘zilishdagi mustahkamligi esa 100 MPa gacha bo‘ladi. Qattiqligi jixatidan topaz, korund va olmosdan keyin to‘rtinchi o‘rinda turadi. Erish harorati 1700 0 S. Kvars qum sifatida cho‘kindi tog‘ jinsini asosini tashkil etadi. Dala shpati magmatik jinslarning 60-70% tashkil etadi. Dala shpatining Ortoklaz (K 2 O . Al 2 O 3 . 6SiO 2 ) va Plagioklaz (Na 2 O . Al 2 O 3 . 6SiO 2 albit, SaO . Al 2 O 3 . 2SiO 2 -anortit) turlari mavjud. Dala shpatining mustahkamligi (120-170MPa) va chidamliligi kvarsga nisbatan kamroq bo‘ladi. Dala shpati yemirilishidan glina kabi cho‘kindi jinslar hosil bo‘ladi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling