Referat mavzulari ro’yxati


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Karbonatlar guruxiga kalsit, dolomit va magnezit kiradi.


Kalsit (CaCO
3
) rangsiz yoki oq, qo‘shimchalar bo‘lsa kul rang, sariq, pushti yoki havo 
rang mineral bo‘lib, zichligi 2,7 g/sm
3
, qattiqligi 3.
Dolomit (SaCO
3
.
MgCO
3
) rangsiz yoki oq, sarg‘ish va qo‘ng‘irrang mineral. Zichligi 
2,8 g/sm
3
, qattiqligi 3-4. Dolomit magnezial va dolomitli bog‘lovchilar ishlab chiqarishda 
xom ashyodir. U kesilib bloklar xolida va maydalanib beton uchun yirik to‘ldiruvchi 
sifatida ishlatilishi mumkin.
Magnezit (MgCO
3
) rangsiz, oq, kulrang, sariq, jigarrang mineral bo‘lib, zichligi 3,0 
g/sm
3
, qattiqligi 3,5-4,5. Magnezit 1500-1650
0
S kuydirilib yuqori haroratga bardoshli 
materiallar (g‘isht, blok) va 750800
0
S kuydirilib magnezial bog‘lovchi olinadi.
Giltuproq minerallar guruxiga kaolinit, gidroslyudalar, montmorillonitlar kiradi.
Kaolinit (Al
2
O
3
.
2SiO
2
.
2H
2
O) oq, qo‘ng‘ir yoki yashil aralashgan rangli mineral bo‘lib, 
zichligi 2,6 g/sm
3
, qattiqligi 1. Kaolinit dala shpatlari, slyudalar va boshqa silikatlar 
nurashidan hosil bo‘ladi. U kaolinli giltuproqlar asosini tashkil qiladi.
Gidroslyudalar slyuda va dala shpatlarining yemirilishidan hosil bo‘ladi. Gidroslyuda 
harorat ta’sirida ko‘pchitilganda hajmi 20 marta kattalashadi va hosil bo‘lgan vermikulit 
g‘ovak jinsi yyengil betonga to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Montmorillonit cho‘kindi 
jinslarning, xususan giltuproqlarning asosini tashkil qiladi.
 
 
Sulfatlar guruxiga gips va angidrit kiradi.
Gips (CaSO
4
.
2H
2
O) oq, qo‘shimchalar bo‘lsa havorang, sariq, qizil ko‘rinishdagi 
mineraldir. Zichligi 2,3 g/sm
3
, qattiqligi 2. Gips qurilish va quyma gips bog‘lovchisi 
ishlab chiqarishda xomashyodir.
Angidrit (CaSO
4
) oq, kulrang, pushti, och havorang yaltiroq mineral. Zichligi 3,0 
g/sm
3
, qattiqligi 3-3,5. Angidrit mineral bog‘lovchi ishlab chiqarishda xom ashyo bo‘ladi.
Cho‘kindi jinslar qatlamliligi bilan xarakterlanadi. Qatlamlanmagan jinslar teksturasi 
esa tartibsiz xarakterda bo‘ladi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling