Referat mavzulari ro’yxati


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

2.3 Metamorfik tog‘ jinslar 
Metamorfik jinslar tog‘ jinslarini yerning chuqur qatlamlarida yuqori bosim va harorat 
ostida o‘zgarishidan hosil bo‘lgan. Metamorfik jinslar strukturasi-teksturasi hosil 
bo‘lishida bosimning Yo‘nalishi katta rol o‘ynaydi. Metamorfizm jarayoniga tog‘ jinslari 
tarkibidagi suv va karbon kislotalari katta ta’sir ko‘rsatadi.
Metamorfik jinslarni hosil qiluvchi minerallarga magmatik jinslarda uchraydigan dala 
shpatlari, kvars, slyuda, rogovaya obmanka, cho‘kindi jinslarga xos bo‘lgan kalsit, 
dolomit minerallari, maxsus metamorfik jinslar kiradi.
 
3 Tabiiy tosh materiallari va buyumlari ishlab chiqarish 
3.1 Qurilishda ishlatiladigan tog‘ jinslari 
Magmatik tog‘ jinslar. Tog‘ jinslarining chuqurlikda hosil bo‘lishi, ularni zich
mustahkam, chiroyli teksturali bo‘lishini ta’minlaydi.
Granit-kvars (25-30%), dala shpati (ortoklaz, 35-40%) va slyudadan (510%) iborat. U 
och kulrang, kulrang, pushti, qoramtir-qizil, sariq ranglarda bo‘ladi. Granitning 


siqilishdagi mustahkamligi-120-250 MPa. U mo‘rt material bo‘lgani uchun zarbiy 
ta’sirlardan saqlash kerak.
Granitning g‘ovakligi 1,5% atrofida bo‘lib, suv shimuvchanligi juda kichik (0,5% hajm 
bo‘yicha).
Granit oq, sariq,kulrang, pushti, qizil ranglarda bo‘lib, teksturasi juda chiroyli bo‘ladi. 
Uning mustahkamligi, sovuqqa chidamliligi va yedirilishdagi qarshiligi yuqori bo‘lgani 
uchun bino sokollarida, fontan va qirg‘oq qoplamlarida, kislotaga chidamlilik talab etilgan 
joyda hamda yuqori mustahkamlikdagi beton tayyorlashda yirik to‘ldiruvchi sifatida 
ishlatiladi.
Sienit-kaliyli (50-70%) va natriyli (10-30%) dala shpatlari, rangli minerallardan (10-
20%) tashkil topgan. Sienit tarkibida kvars (10-15%) bo‘lsa, sienit kvarsli sienit deb 
yuritiladi. Sienit pushti, kulrang, ko‘kimtir ranglarda bo‘ladi.
Diorit-dala shpati (45-50%), kvars (20-25%), rangli minerallardan iborat. Rangli 
minerallardan rogovaya obmanka ko‘proq bo‘ladi. Diorit mustahkam (150-300 MPa), 
sovuqqa chidamli, zarb va yedirilishga qarshiligi yuqori jinsdir. Shu sababli koshinlashda, 
yo‘l qoplamalarida va xaykaltaroshlikda ishlatiladi.
Gabbro-dala shpati (plagioklaz), kulrang va qoramtir (avgit, olivin) minerallardan 
iborat. Gabbro zichligi 2,9-3,0 g/sm
3
, siqilishdagi mustahkamligi 200-300 MPa.
Gabbro jilolanganda juda chiroyli ko‘ringani uchun xaykaltaroshlikda, koshinlashda 
ishlatiladi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling