Referat mavzulari ro’yxati


Reja: 1.  Umumiy ma’lumotlar. 2.  Keramik materiallar va buyumlar ishlab chiqarish uchun xom ashyolar 1.Umumiy ma’lumotlar


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Reja:
1. 
Umumiy ma’lumotlar.
2. 
Keramik materiallar va buyumlar ishlab chiqarish uchun xom ashyolar
1.Umumiy ma’lumotlar 
Mineral xom ashyoga texnologik ishlov berib, yuqori haroratda kuydirish natijasida 
olingan materiallar va buyumlarga keramik materiallar deyiladi. “Keramika” so‘zi 
lotincha “Keramos” so‘zidan olingan bo‘lib, glina (gil) ma’nosini bildiradi.
Insoniyat tarixida gil asosidagi xomloydan tayyorlangan devorbop materiallar va 
buyumlar, somonli suvoqlar qurilishda eramizdan avvalgi 8000 yillikda ishlatilgan. 
Pishirilgan g‘isht eramizdan avvalgi 3500-4000 y., cherepitsa va sirlangan g‘isht esa 
qurilishda eramizdan avvalgi 1000 y. ishlatilgan. Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekistonda 
saqlanib qolgan arxitektura Yodgorliklari qurilish materiallari keramika asosidadir. 
Xozirgi kunda effektiv g‘isht, ichki va tashqi bezak plitalari, sanitariyatexnika buyumlari, 
mashinasozlik, elektronika, energetika tizimlari uchun maxsus keramik buyumlar ishlab 
chiqarish Yo‘lga qo‘yilmoqda.
Gil mahsulotlari qurilish matriallarining muhim turlaridan biri hisoblanadi.Xomashyo 
ishlab chiqarish korxonalarida gil kvarts, tuproq, chamette (olovga chidamli gil 1000-1400 
gradusda kuydiriladi va bo’linadi) metal zaki, apelka va maydalangan ko’mir bilan 
aralashtirilib foydalaniladi.
Qurilish gili mahsulotlari Yoki qurilish keramikalari asosan katta qismdagi gilni 
kuydirish, quritish va mog’orlatish orqali ishlab chiqariladi.Yuqoriroq hajmi o’ziga xos 
muhimligi bo’lsa, uning kuchliroqi esa gil mahsulotidir.Bu qoida shishaga aylangan 
mahsulotlar uchun unchalik foyda bermaydi.
Qurilish 
va 
ishlab 
chiqarish 
uslublariga 
ko’ra 
g’ishtlar,cherepitsiyalar, 
quvurlar,qizdirilgan qizg’ish jigarrangdan qurilgan matriallar,loydan yasalgan idishlar, 
kulolchilik buyumlari, chinni buyumlar va sirlangan sopol idishlar yuqori haroratda 
qizdirib shakllantiriladi. Keramik buyumlar quyidagicha klassifikatsiyalanadi. Tuzilishiga 
ko‘ra g‘ovak va zich keramik buyumlarga bo‘linadi. G‘ovak keramikaning suv 
shimuvchanligi massa bo‘yicha 5% ko‘p bo‘ladi. Bularga devorbop g‘isht va bloklar, 
tombop cherepitsa, drenaj quvurlar, fayans, qoplama plitalar kiradi.
Zich keramikaning suv shimuvchanligi massa bo‘yicha 5% kam bo‘ladi. Ularga erga 
Yotqiziladigan klinker g‘ishti, yirik o‘lchamli keramik plitalar, pol plitalari kiradi.
Erish haroratiga ko‘ra keramik materiallar yengil eruvchan (13500S past), qiyin 
eruvchan (1350-15800S), erimaydigan (1580-20000S) turlarga bo‘linadi. Keramik 
materiallar va buyumlarni xom ashyoning hamma erda mavjudligi, arzonligi, texnologik 
jarayonlarning nisbatan soddaligi, ekologik tozaligi ko‘plab ishlab chiqarish imkonini 
beradi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling