CHo‘kindi tog‘ jinslari. Chaqiq cho‘kindi tog‘ jinslari-qum va shag‘al beton uchun
to‘ldiruvchi, temir-Yo‘l qurilishida ballast sifatida va yo‘l qoplamlarida ishlatiladi. Qum
shisha va keramika ishlab chiqarish sanoatida xom ashyoning asosiy tashkil etuvchisi
sifatida ishlatiladi.
Gilli cho‘kindi tog‘ jinslariga kaolinit, kvars, slyuda, dala shpati va boshqa
minerallarning 0,01-0,001 mm zarrachalari kiradi.
Kaolinli gil kaolinitdan iborat bo‘lib, yorqin ranglarda bo‘ladi. Ular yog‘lik va olovga
bardoshli bo‘lgani uchun keramika ishlab chiqarish sanoatida ko‘p ishlatiladi. Gil sement
ishlab chiqarishda asosiy xom ashyodir.
Qumtoshlar-kvarsning sementlangan donachalaridan iborat bo‘lib, xarsangtosh pol va
tratuarlar uchun plitalar, beton uchun to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi.
Konglomerat va brekchiyalar tabiiy sementlangan tosh va mayda toshdan iborat bo‘lib,
xarsangtosh va to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Gilli cho‘kindi tog‘ jinslari Markaziy
Osiyoda ko‘plab uchraydi.
Kimyoviy (xemogen) cho‘kindi jinslarga karbonatlar, sulfatlar va allitlar kiradi.
Karbonatli jinslarga ohaktosh va dolomitlar kiradi. Ohaktosh tarkibida 50% ko‘p kalsit,
dolomit tarkibida esa 50% ko‘p dolomit jinslari bo‘ladi. Jins tarkibidagi kalsit va dolomit
nisbatiga ko‘ra uning tarkibi toza ohaktoshdan toza dolomitga qadar o‘zgaradi.
Karbonatli jinslar tarkibidagi giltuproq aralashgan bo‘lishi mumkin. Karbonat va
giltuproq deyarli teng miqdorda aralashsa, bunday jinslar mergel deyiladi. Giltuproq
ohaktosh mustahkamligini kamaytiradi.
Ohaktosh oq, sarg‘ish, qo‘ng‘ir, kulrang, xattoki qora rangda, dolomit esa oq, sariq, och
qo‘ng‘ir ranglarda bo‘ladi.
4- MA’RUZA
KERAMIK MATERIALLAR VA BUYUMLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |