Referat mavzulari ro’yxati


Temir-magnezialli silikatlarga


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Temir-magnezialli silikatlarga olivin, piroksenlar, amfibolalar, magnezialli 
silikatlarga ikkalamchi minerallar-serpentinlar, xrizotil asbest va boshqalar kiradi.
Alyumosilikatlarga muskavit, flogopit va biotit, gidroslyudalargidromuskovit, 
gidrobiotit kiradi. Temir magneziallarni va alyumosilikatlarni rangli minerallar (yashil, 
to‘q yashil, qoramtir va h.k.) deb yuritiladi. Slyudalardan tashqari bu gurux minerallar 
tog‘ jinslariga yuqori mustahkamlik va nurashga chidamlilikni beradi.
Magmatik jinslar strukturasi va teksturasi bilan farqlanadi. Magmaning chuqurlikda 
asta-sekin sovushidan to‘la kristalli struktura hosil bo‘ladi. Donalar o‘lchamiga qarab 
yirik donali (5mm ko‘p), o‘rtacha donali (1-5mm) va mayda donali (0,5-1mm) hamda 
notekis donador va tekis donador bo‘ladi (3.1-rasm).
Magmatik jinslar asosan massiv teksturaga ega bo‘lib, o‘ta yuqori zichlikka ega 
bo‘lganligi sababli mustahkam, sovuqqa chidamli, suv shimuvchanligi juda kam bo‘ladi. 
Ularning siqilishga mustahkamligi 100300 MPa, o‘rtacha zichligi 2600-3000 kg/m
3
, suv 
shimuvchanligi 1% kam (hajmiga nisbatan), issiq o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 3 Vt/ 
(m
.0
S) atrofida bo‘ladi.
2.2 CHo‘kindi tog‘ jinslari 
CHo‘kindi jinslar magmatik va boshqa jinslarning nurashi, yemirilishi, kimyoviy 
o‘zgarishlari va o‘simliklar chirishi natijasida hosil bo‘lgan. Cho‘kindi jinslar tarkibi va 
hosil bo‘lishi xarakteriga ko‘ra mexanik, kimyoviy va orgonogen turlarga bo‘linadi.
Mexanik cho‘kindilarga giltuproq, qum, shag‘al singari sochiluvchan jinslar
konglomeratlar, brekchinlar va qumtosh singari sementlangan jinslar kiradi. Bu 
cho‘kindilar suv, shamol, muz ko‘chkilari yordamida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi 
mumkin. Kimyoviy cho‘kindilar (gips, dolomit, magnezit va boshqalar) tog‘ jinslarining 
kimyoviy o‘zgarishlari natijasida hosil bo‘lib, suv vositasida eritma holda ko‘chgan 
bo‘ladi.
Orgonogen cho‘kindilar o‘simliklar, suv o‘tlari, hayvonot dunyosi chirishidan hosil 
bo‘lgan. Ularga bo‘r, chig‘anoqli ohaktoshlar, diatomitlar va boshqalar kiradi. Cho‘kindi 
jinslar nisbatan g‘ovak strukturaga ega bo‘lishi sababli mustahkamligi kam, ba’zilari 
suvda eruvchan (gips, ohak) bo‘ladi. Cho‘kindi jinslarni hosil qiluvchi minerallarga kvars, 
karbonatlar, giltuproqli minerallar, sulfatlar guruxlari kiradi.
Kvars guruxiga opal, xalsedon va cho‘kindi kvars kiradi.
Opal (SiO
2
.
nH
2
O)-amorf mineral bo‘lib, tarkibida 2-14% (34% gacha) suv bog‘langan. 
Zichligi 1,9-2,5 g/sm
3
, qattiqligi 5-6, rangi oq, sariq, havo rang yoki qora bo‘lishi 
mumkin.
Xalsedon (SiO
2
) tolasimon yoki yopiq kristalli kvars turi bo‘lib, oq,
kulrang, och sariq, qo‘ng‘ir, yashil ranglidir. Zichligi 2,6 g/sm
3
, qattiqligi 6.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling