Referat mavzulari ro’yxati


Materiallarning suvda yumshash koeffitsienti


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

 
Materiallarning suvda yumshash koeffitsienti (K
yum
) uning suv shimgandan 
keyingimustahkamligini (R
to‘y
) quruq holatdagi mustahkamligiga (R
qur
) nisbatidir:
4.Kyum=Rto‘y/Rqur
Yumshash koeffitsienti 0 dan (xom giltuproq asosidagi materiallar) 1 gacha (metallar) 
bo‘lishi mumkin. Davlatlararo standartlar talabiga muvofiq materiallarning yumshash 
koeffitsenti 0,8 dan kam bo‘lsa, suv muhitida ishlatiladigan konstruksiyalar tayyorlash 
ruxsat etilmaydi.
Gigroskoplik-materiallarning muayyan muhitdan namlikni o‘ziga singdirib olish 
xususiyatidir. Materiallarning gigroskopiklik darajasini aniqlash uchun namuna havoning 
nisbiy namligi 100% bo‘lgan xonada bir necha soat saqlanadi, so‘ngra namunaning quruq 
va gigroskopik nam holdagi massalari farqidan uning havodan qancha nam yutgani 
aniqlanadi. Materiallarning namni ko‘p yutishi odatda ularning xususiyatlari 
yomonlashishiga sabab bo‘ladi. Masalan, namlik materialning issiqlik izolyatsiyasi 
koeffitsentini oshiradi, mustahkamlikni kamaytiradi va binolarning ekspluatatsiya 
xususiyatini pasaytiradi.
Materialning sorbsion namligi uning ochiq havodagi suv bug‘larini yutish qobiliyatiga 
aytiladi. Nisbiy namlik ortgan sari materialning sorbsion namligi ortib boradi.
G‘ovak materiallarda adsorbsiya va kapillyar kondensatsiya jarayonlari tufayli namlik 
uzoq vaqt saqlanib qoladi. Masalan, yog‘ochning muvozanat namligi 12-18%, pishirilgan 
g‘ishtniki 5-7% bo‘lishi mumkin.
Materialning qisman suv yoki namlik ta’sirida bo‘lgan xolatda u kapillyar bosim 
hisobiga suvni shimib namlanadi. Bunga binolarning sokol qismining namlanishi misol 
bo‘la oladi. Bunda suvning ko‘tarilish balandligini “belgilangan atomlar” yoki “elektr 
o‘tkazuvchanlik” usullari bilan aniqlash mumkin.
Namlikdan deformatsiyalanish-materiallarning nisbiy namlik o‘zgarishidan hosil 
bo‘ladigan chiziqli yoki hajmiy o‘lchamlarining o‘zgarishidir. Bu xususiyat 
materiallarning g‘ovakligiga bog‘liq bo‘ladi. Zich materiallarda namlikdan 
deformatsiyalanish oz bo‘ladi (plastmassa, zich keramika, granit), yoki umuman 
bo‘lmaydi (po‘lat, oyna, bitum). G‘ovak materiallar (yog‘och, beton, giltuproq) nam 
ta’sirida kengayadi, namlik kamaysa, kirishishi hisobiga deformatsiya ham kamayadi. 
Materiallarning bu xolati ulardan konstruksiyalar tayyorlangan paytda juda katta 
ahamiyatga ega.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling