Referat mavzulari ro’yxati


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Nazorat savollari 
 
1 Materiallarning zichligi va o’rtacha zichligi nima? 
2 Suv shimuvchanlik, suv o’tkazuvchanlik nima? 
3 Sovuqqa chidamlilik va g’ovaklik orasidagi bog’lanish qanday? 
4 Issiqlik o’tkazuvchanlik va issiqlik sig’imi nima?
 
 
 
 
 
 


2- MA’RUZA: QURILISH MATERIALLARINING ASOSIY XOSSALARI.
 
1 Qurilish materiallari va buyumlarining nano,mikro va makrostrukturasi. 
2 Qurilish materiallarining fizik xossalari. 
3 Qurilish materiallarining mrxanik xossalari 
1.Qurilish materiallari va buyumlarining nano, mikro va makrostrukturasi 
Qurilish materiallarining xossalari ularning tarkibiga va tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. 
Materiallarning kimyoviy, mineral va fazaviy tarkiblarini tekshirmasdan, ular asosida 
tayyorlangan buyum va konstruksiyalarni muayyan muhitda ishlatishga tavsiya etilmaydi.
Materiallarning kimyoviy tarkibi elementlar va oksidlar orqali ifodalanib, ular 
xossalarining-mustahkamligini, korroziya muhiti va olovga bardoshliligini, suvga 
munosabati kabilarni belgilaydi. Material tarkibida kimyoviy elementlar va oksidlar erkin 
holda bo‘lmasdan o‘zaro minerallarga birikkan bo‘ladi.
Materiallarning mineral tarkibi ularning qanday minerallardan qancha miqdorda tashkil 
topganini bildiradi. Giltuproq, ohaktosh, gips toshi va sh.k. larning mineral tarkibi ulardan 
olingan keramik materiallar havoyi va mineral bog‘lovchilarning mustahkamligini va turli 
muhitlarga chidamliligini belgilaydi.
Materiallarning fazaviy tarkibi qattiq, suyuq va gazsimon xolatda bo‘lib, ularni 
muayyan shaklda ushlab turuvchi, devorlar hosil qiluvchi (karkas) qattiq fazadan, 
devorlar orasida hosil bo‘lgan g‘ovaklar ichidagi suvdan, havodan yoki suv-havo 
aralashmasidan iborat bo‘lishi mumkin. Masalan, material g‘ovaklarida suvning muzlashi 
pirovardida uning buzilishiga olib kelishi mumkin; Yopiq g‘ovaklardagi havo materialga 
issiq sovuqdan, tovushdan izolyatsiyalovchi xususiyat beradi.
Material strukturasini uch darajada tushunish zarur-molekulyar-ion, mikrostruktura va 
makrostruktura.
Molekulyar-ion darajasi materiallarning element, oksid, mineral, oligomer, polimer va 
sh.k. kimyoviy moddalardan hosil bo‘lishini belgilaydi. Materiallarni bu darajada 
o‘rganish differensial-termik, rentgenfazaviy, elektron mikroskopik, infraqizil 
spektroskopik va sh.k. tekshirish usullari bilan amalga oshiriladi.
Mikrostruktura materialning tuzilishi va undagi g‘ovaklarning o‘ta kichikligini (1-2
.
10
-
7
sm gacha) bildiruvchi ko‘rsatkich. Materialda mikrog‘ovaklar buyumning kirishishi 
natijasida hosil bo‘ladi va ular o‘zaro tutash yoki har tomonlari berk bo‘lishi mumkin. 
Materialni tashkil etuvchi bog‘lovchi (portlandsement, gips, bitum, polimer), o‘ta mayda 
to‘ldiruvchi (qum kukuni, andezit) mineral yoki polimer qo‘shimchalar, suv va sh.k. 
komponentlardan iborat majmuadir. Qurilish buyum va konstruksiyalarning barcha xossa 
va xususiyatlari mikrostrukturaga, uning hosil bo‘lish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. 
Mikrostruktura xossalariga bog‘lovchining aktivligi, dispersligi, mikrog‘ovakligi, o‘ta 
mayda to‘ldiruvchilarning yuza tabiati katta ta’sir etadi.
Makrostruktura materiallarning tuzilishi va undagi g‘ovaklar-yirik, ko‘zga ko‘rinadigan 
xolatdagi ko‘rsatkich bo‘lib, u mikrostruktura, mayda yirik to‘ldirgichlar va boshqa 
to‘ldiruvchi yoki armaturalovchi komponentlar majmuasidan iboratdir. Makrostruktura 
kompozit (konglomerat), uyachali, mayda g‘ovakli, tolasimon, qatlamli, donador 
shakllarda bo‘lishi mumkin.


Kompozitlarga betonlar,
qurilish
qorishmalari,
keramika,silikalsitlar, 
polimerbetonlar va sh.k. kiradi. Bunday materiallar sun’iy konglomeratlar ham deb 
yuritiladi. Mayda g‘ovakli materiallarga suv yoki yonuvchi qo‘shilmalar aralashtirilib 
kuydirilgan keramika, plastmassalarning ba’zi turlari kiradi.
Uyacha strukturali materiallarga gazbetonlar, ko‘pikbetonlar, ko‘pik plastmassalar, 
maxsus qog‘ozdan yasalgan turli shakldagi bo‘shliqli buyumlar kiradi.
Qatlamli strukturaga o‘rama, listli, taxtasimon, qatlamli to‘ldiruvchi asosidagi 
plastmassalar (tekstolit, shishaplast, qog‘ozplast) kiradi.
Donali struktura beton, qorishma, polimerbeton va sh.k.lar uchun mayda va yirik 
to‘ldiruvchilar (qum, chaqiq tosh) kiradi.
Tolali struktura yog‘och, shisha tolali va mineral tolali materiallar uchun xosdir. 
Materiallar xossalari (mustahkamligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi) tolalari bo‘ylab va 
ko‘ndalang yo‘nalishlarda turlicha bo‘ladi.
Materiallar tuzilishi kristall, amorf va kristall-amorf holda bo‘ladi. Kristall tuzilishli 
materiallar yuqori mustahkamlikka, turli muhitlarga chidamlilikka ega. Odatda ko‘pchilik 
materiallar amorfdan kristall tuzilishga o‘tadi. Bir material ham kristall (kvars), ham 
amorf tuzilishda bo‘lishi mumkin. Materialning tuzilishi holatiga qarab bu materiallarning 
kimyoviy birikishlarida ishtirok etishi turli tezlikda va sharoitda bo‘lishi mumkin. Kristall 
tuzilishdagi materiallar o‘zgarmas bosimda muayyan erish haroratiga ega bo‘ladi. Kristall 
panjarani neytral atomlar, ionlar, molekulalar hosil qilishi mumkin.
Murakkab kristallar (kalsiy, dala shpati) kovalent va ion bog‘lanishlarda bo‘lganliklari 
sababli ularning hossalari turlichadir. Qurilish materiallarining asosiy jins hosil qiluvchi 
minerallari-silikatlar murakkab tuzilishga ega bo‘lib, tetraedrlardan tuzilgan va hajmiy 
panjara tuzilishiga ega. Shu sababli silikatlar noorganik polimerlar deyilishi ham mumkin.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling