Referat mavzulari ro’yxati
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH. QURILISH MATERIALLARI VA BUYUMLARINING UMUMIY ASOSLARI. Reja
- 1. Qurilish materiallarining qurilishdagi ahamiyati va xom ashyo bazasi
MUNDARIJA T.s Nomlanishi Sahifasi 1 Kirish 2 Ma’ruzalar matni 3 Labaratoriya mashg’ulotlarni o’tkazish bo’yicha uslubiy qo’llanma 4 Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholashga doir uslubiy ko’rsatmalar 5 Referat mavzulari ro’yxati 6 Glossariy 7 Fanning o’quv dasturi 8 Fan bo’yicha ishchi o’quv dasturi 9 Tarqatma materiallar 10 Nazorat savollari 11 Test savollari 12 Baholash tartibi va mezonlari 13 Adabiyotlar ro’yxati 14 Muallif haqida ma’lumot 1-MA’RUZA KIRISH. QURILISH MATERIALLARI VA BUYUMLARINING UMUMIY ASOSLARI. Reja: 1. Qurilish materiallarining qurilishdagi ahamiyati va xom ashyo bazasi. 2. Qurilish materiallarining tasniflanishi, standartlash, sertifikatlash va sifat nazorati. 1. Qurilish materiallarining qurilishdagi ahamiyati va xom ashyo bazasi O‘zbekiston Respublikasida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilinishi ta’lim tizimini qayta isloh etishni taqozo etadi. Respublikamiz qurilish kompleksiga yuqori malakali Yosh kadrlarni yetkazib berish shu kunning dolzarb masalasidir. Ma’lumki, qurilish industriyasini rivojlantirish, ya’ni yangi qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarni ishlab chiqarish bilan qurilish tizimini tubdan o‘zgartirish mumkin. Qurilish tizimiga ajratilgan mablag‘ning 50% ortig‘i qurilish buyum va konstruksiyalarni ishlab chiqarishga sarflanadi. Zamonaviy qurilish bino va inshootlarini yangi turdagi qurilish materiallarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu sababli bo‘lajak qurilish mutaxassisi qurilish materiallari va buyumlari to‘g‘risida to‘la-to‘kis bilimga ega bo‘lish zarur. Qurilish materialshunosligi o‘ziga xos tarixga ega. Eng qadimgi va juda keng tarqalgan giltuproq asosidagi qurilish materiallari insoniyat tarixining ilk davridayoq ishlatilgan. Giltuproqdan pishirilgan g‘isht ishlab chiqarish tarixi 5-6 ming yilga teng. Bino va inshootlarni tabiiy tosh materiallaridan qurish antik dunyo tarixi bilan bog‘langan. Misr Piramidalari, Buyuk Xitoy Devori, Rim Kolizeyi bunga yaqqol misol bo‘ladi. Tabiiy toshlarni maydalab, pishirib ohak, ganch, gips va sh.k. mineral bog‘lovchilar ishlab chiqarish texnologiyasi bir necha ming yil avval yaratilgan. Shaxrisabz, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent kabi tarixiy shaharlarimiz qurilishiga nazar tashlasak shoh saroylari, madrasa va masjidlar, qal’a devorlari, suv inshootlari tabiiy toshlardan, pishiq g‘ishtdan qorishmalar asosida terilib barpo etilganini ko‘ramiz. Bu shaharlardagi binolarda sirlangan sopol buyumlar X-XII asrlardan keyin ishlatilgan. Kulollar giltuproqdan turli o‘lchamdagi va shakldagi sirlangan va sirlanmagan plitkalar, terrakotalar, koshinlar, muqarnaslar, burmalar va sh.k. bezak materiallarni ishlab chiqarganlar va binolarni bezatishda ishlatganlar. Toshtaroshlar granit, marmar, ohaktosh va xarsang toshlarni taroshlab shakl berib bino va inshootlarni bezatishda, suv va namlik ta’sir etadigan qismlarida ishlatganlar. qadimdan qurilishda Yog‘och materiallar sifatida eman, qarag‘ay, pixta, qayin, dub, buk, yasen, Markaziy Osiyoda esa terak, qayrag‘och, archa, Yong‘oq, tut, tol kabilar ishlatilgan. Yog‘och sinchli binolar zilzilaga bardoshliligi bilan ajralib turadi. Yog‘ochga o‘ymakorlik usulida ishlangan ustunlar, bag‘dodi eshiklar, muqarnaslar, karnizlar, pillapoyalar xozirga qadar arxitektura obidalarini bezatib turibdi. Bino va inshootlarni bezashda lok-bo‘yoqlardan foydalanish tarixi miloddan avvalgi asrlarga tegishli. Rang beruvchi pigmentlar sifatida turli minerallar, o‘simliklar kuli, bog‘lovchi sifatida esa, tabiiy o‘simlik yog‘lari ishlatilgan. Qadimgi Afrosiyob, Varaxsha, Xolichayon kabi tarixiy Yodgorliklarimiz devorlariga ishlangan rasmlar bunga yaqqol misoldir. Tarixiy binolarni bezashda ishlatilgan ganch o‘ymakorligi alohida e’tiborga sazovor. Ganch o‘ymakorligi asosida devor, ship, pillapoyalar, gumbazlar bezatilgan. Qurilish materiallari tarixida portlandsement va u asosida yaratilgan og‘ir va yyengil betonlar alohida o‘rin tutadi. Bu materiallarni qurilish industriyasining asosiy mahsulotlari deb atash mumkin. Mahalliy hom ashyodan qurilish materiallari ishlab chiqarish qurilish industriyasining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bunda mahsulot tannarxi keskin pasayadi. Qurilishni mukammallashtirish va tezlatish, zamonaviy qurilish materiallarini ko‘plab ishlab chiqarishni taqazo etadi. Polimerlar asosidagi materiallar, shisha buyumlar, lok- bo‘yoqlar, kompozitsion materiallar shular jumlasidandir. Qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarishda sanoat va qishloq xo‘jaligi chiqindilarini ishlatish ularning tannarxini pasaytiradi va ekologik muhitni barpo etadi. Qurilish materialshunosligi fanining rivojlanishiga A.Baykov, YU.Bajenov, P.Zemyatchenskiy, V.Kind, V.Solomatov, I.Rыbev, S.Baybolov, Y.SHtark, B.Skramtaev, A.Gluxovskiy, E.Qosimov kabi olimlar katta hissa qo‘shdilar. O‘zbekiston qurilish va qurilish industriyasini rivojlantirishda chet ellar bilan mustahkam aloqa o‘rnatgan. Turkiyaning “Aysel” kompaniyasi, Germaniyaning “Knauf” korporatsiyasi, AQSHning “Armstrong” firmasi shular jumlasidandir. Qurilish materialshunosligining dolzarb masalalariga yuqori sifatli, tannarxi arzon, mustahkam, uzoq muddat xizmat qiluvchi, mahalliy xom ashyo zaminida ishlab chiqarilgan buyumlar, qismlar, konstruksiyalarni tayyorlash va ishlatish sohalarini belgilash kiradi. Yer yuzida energiya resurslarining kamayib borishi binolar qurilishida energiya samaradorligini keskin oshirishni taqozo etadi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan energiyaning deyarli 50 foizi Yoki yiliga 17 million tonna neft ekvivalenti aynan binolarning energiya iste’moliga to‘g‘ri keladi. Shunga mutanosib ravishda parnik gazlarining 40 foizi binolarga xos jarayonlardir. Bu soha O‘zR “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Birlashgan millatlar tashkilotining rivojlantirish Dasturi va Global ekologik fond bilan hamkorlikda binolar energiya samaradorligi muammolari sohasida ustuvor Dasturlarni bajarmoqda. Jumladan, turar joy, jamoat (maktablar, bog‘chalar, shifoxonalar va sh.k.) binolarni energiya samaradorligi dasturlaridir. Ushbu Dasturlarni bajarish uchun Arxitektura qurilish sohasidagi Oliy ta’lim muassasalari, loyiha ilmiytadqiqot institutlari va qurilish tashkilotlari jalb etilgan. Eneriya samaradorlikda asosiy mezon sifatida qurilish materiallari va buyumlarini binolar qurilishida ishlatilishini belgilash mumkin. Ushbu muammoning asosiy yechimlaridan biri issiqlik izolyatsiyasi materiallarini mukammallashtirish, fizik-mexanik, issiqlik-fizik va eksputatsiya xossalarini keskin yaxshilar, yangi turlarini ishlab chiqarish talab etiladi. Qurilish materiallari ishlab chiqishda kam energiya sarflash muammosi yechimi ham energiyani tejashning asosiy omili hisoblanadi. Global muammoning yechimida bo‘lajak arxitektor va quruvchilarni talabalik davridan e’tiboran energiya samarador loyihalar yaratishga yo‘naltirish yaxshi natijalar beradi. Binolar qurilishida va eskilarini qayta qurishda energoaudit institutini kiritish davr talabiga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Birlashgan millatlar tashkilotining rivojlanish Dasturi va Global ekologik fondning “Sotsial ob’ektlarining energiya samaradorligini oshirish” mavzusidagi qo‘shma loyihasi asosida KMK 2.08.05-97, KMK 2.01.04-97, SHNK 2.08.02-09, KMK 2.01.18-2000, KMK 2.04.05-97, KMK 2.03.10-95 va KMK 2.08.04-04 kabi meyoriy xujjatlarga energiyani tejash bo‘yicha majburiy talablar qo‘yildi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling