Referat mavzulari ro’yxati


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Labrodorit-asosan dala shpati va labrodor mineralidan iborat bo‘lib, gabbroning bir 
turi hisoblanadi. U ko‘k, yashil, sariq va boshqa ranglarda bo‘ladi va jilolanganda 
toblanadi. Labrodorit koshinlashda, xaykaltaroshlikda ishlatiladi.
Magmatik otqindi tog‘ jinslaridan asosan porfirlar, diabaz, bazalt, andezit va boshqalar 
qurilishda ko‘p ishlatiladi.
Porfirlar-mayda kristalli strukturada nisbatan yirikroq kristallar mavjudligi bilan 
xarakterlidir. Ular kvarsli va kvarssiz (dala shpati) xillari mavjud. Kvarsli porfirlar 
mineral tarkibga ko‘ra granitga yaqin bo‘lgani uchun uning xossalari granitnikiga 
o‘xshaydi.
Kvarssiz porfirlar tarkibi jixatidan sienitga o‘xshaydi, ammo xossalari sienitning 
xossalari kabi bo‘lmaydi. Porfirlar qizil, qo‘ng‘ir, kul rangida toblanadi, zichligi 2,4-2,5 
g/sm
3
, siqilishdagi mustahkamligi 120-180 MPa.
Ular bezak plitalari, Yo‘l bordyurlari tayyorlashda ishlatiladi.
Andezit-plagioklaz, rogovaya obmanka, piroksenlar va biotitdan iborat bo‘lib, 
dioritning o‘xshashidir. Odatda kulrang, sarg‘ish kulrang bo‘ladi. Uning zichligi 2,7-3,1 
g/sm
3
, siqilishdagi mustahkamligi 140-250 MPa. Andezit kislotaga chidamli plitalar
dispers to‘ldiruvchilar olishda ishlatiladi.
Bazalt-zich,goxida porfirsimon strukturaga ega bo‘lib, gabbroning o‘xshashidir. Uning 
zichligi 2,7-3,3 g/sm
3
, siqilishdagi mustahkamligi 110500 MPa. Bazalt xarsang tosh, 
maydalangan xolatda beton uchun to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Bezaltni yuqori 
haroratda eritib juda nozik tolalar va ulardan issiqlikdan izolyaysiyalovchi matolar olish 
mumkin.
Diabaz-gabbroning o‘xshashi bo‘lib, mayda kristalli strukturaga ega. Tarkibi 
plagioklaz va rangli (qora) minerallardan iborat. Diabaz juda qattiq, mustahkam (300-400 
MPa), zich bo‘lgani uchun yo‘l qurilishida ishlatiladi.


Pemza-g‘ovak vulkanik shisha oq yoki kulrang bo‘ladi. G‘ovakligi 60%, zichligi 2-2,5 
g/sm
3
, o‘rtacha zichligi 0,3-0,9 g/sm
3
, siqilishdagi mustahkamligi 2-4 MPa. Pemza 
issiqlik izolyatsiyalovchi xususiyatga ega, undan yyengil betonlar uchun to‘ldiruvchi, 
sement va ohak ishlab chiqarishda gidravlik qo‘shimchalar olish mumkin.
Vulqon tufi- vulqon kuli, pemza va boshqa jinslarning sementlashishi va 
zichlashishidan hosil bo‘lgan. Tuflar pushti, to‘q sariq, qizil, jigar rang bo‘ladi. Yetarli 
g‘ovakligi, mustahkamligi va chidamliligi ulardan issiqlik izolyatsiyasi materiallari 
olishga imkon beradi.
Magmatik jinslar Ukraina, Rossiya, Kavkaz yassi tog‘liklarda ko‘plab uchraydi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling