Referat mavzulari ro’yxati
SHishaning tuzilishi va asosiy xossalari
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy mustahkamligi
- Nur o‘tkazuvchanligi
- SHishaning issiqlikka munosabati
3.SHishaning tuzilishi va asosiy xossalari
SHisha to‘g‘ri fazoviy panjara strukturasiga ega bo‘lmaganligi sababli xossalari barcha nuqtalarda bir xil emas. Bundan tashqari shishaning muayyan erish harorati bo‘lmaydi. SHishada kechadigan pishirish va toblash jarayonlarini o‘rganish uning tarkibida mikrokristall hosilalar-kristallitlar hosil bo‘lishini ko‘rsatadi. SHishaning bu xolati uning “mikrogeterogenligi” deyiladi. Kristallitlik nazariyasi asosida xossalari mukammallashgan, mo‘rtligi kam shishalar-sitallar yaratiladi. SHishaning o‘ziga xos strukturasi uning shaffofligini, mo‘rtligini, atmosfera muhitiga, o‘tga chidamligini, harorat o‘zgarishiga ta’sirchanligini belgilaydi. Nazariy mustahkamligi. Deraza oynalarining cho‘zilishdagi mustahkamligi 6500-8000 MPa bo‘ladi. SHisha strukturasida mikrodefektlar bo‘lganligi sababli haqiqiy mustahkamligi 30-90 MPa bo‘ladi. SHishaning siqilishdagi mustahkamligi 700-1000 MPa, ba’zi xollarda 1200 MPani tashkil etadi. Nur o‘tkazuvchanligi. Deraza oynalarining nur o‘tkazuvchanligi 9092%, profillanganiniki 84-86%, shishabloklarniki 80-85% ni tashkil etadi. SHisha nurni qaytarish xususiyatiga ega bo‘lgani uchun va faqat 2% nurni o‘zi yutgani sababli nur o‘tkazuvchanligi asosan nurni oynaga tushish burchagiga bog‘liq bo‘ladi. Deraza oynalari infraqizil nurlarni yaxshi, ultrabinafsha nurlarni esa Yomon o‘tkazadi. SHisha zich material (2,5-2,6 g/sm 3 ) bo‘lgani uchun tovushni yaxshi o‘tkazadi. SHu sababli binolarga tovush deraza oynalari orqali kirib, binoning ekspluatatsiya xolatini Yomonlashtiradi. Tovushni izolyasiyalash deraza oynalarining qalinligi va ular orasidagi masofaga bog‘liq bo‘ladi. SHishaning issiqlikka munosabati. Deraza oynalarining 100 0 S haroratdagi issiqlik izolyasiyasi koeffitsienti 0,4-0,82 Vt/m 0 S tashkil qiladi. Tarkibidagi ishqoriy oksidlar ko‘p bo‘lgan shisha issiqlikni kam o‘tkazadi. Ko‘pikshishaninig issiqlik izolyasiyasi koeffitsienti 0,045-0,058 Vt/m 0 S bo‘ladi. Xona haroratida shishaning issiqlik sig‘imi 0,63- 1,05 KJ/kg 0 S ni tashkil etadi. SHishaning issiqlik sig‘imi va issiqlikdan termik kengayishi uning kimyoviy tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Qurilish shishasining haroratdan chiziqli kengayish koeffitsenti (9 . 10 -6 -15 . 10 -6 ) 0 S -1 ni eng kichik ko‘rsatkichi 0,58 . 10 -60 S -1 tashkil etadi. SHishaning issiqqa bardoshligi haroratdan chiziqli kengayish koeffitsientiga, o‘z navbatida shisha xom ashyosining kimyoviy tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Oddiy qurilish shishasining issiqqa chidamliligi 120 0 S atrofida bo‘ladi. SHisha tarkibiga kremniy, bor va sh.k. oksidlarni kiritib issiqdan chiziqli kengayish koeffitsienti, demak issiqqa bardoshligi oshiriladi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling