Referat mavzulari ro’yxati


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

 
7-MA’RUZA 
MINERAL BOG‘LOVCHI MODDALARNING ASOSIY XOSSALARI.  
 
Reja:
1. 
Umumiy ma’lumotlar.
2. 
Havoyi bog‘lovchilar
1 Umumiy ma’lumotlar 
Mineral (noorganik) bog‘lovchilar kukunsimon bo‘lib, suv bilan aralashtirilganda 
plastik qorishma hosil bo‘ladi va fizik-kimyoviyjarayonlar natijasida sun’iy toshsimon 
materialga aylanadi. 
Mineral bog‘lovchilar strukturasi va qotish mexanizmiga ko‘ra havoyi va gidravlik 
bog‘lovchi turlariga bo‘linadi. Havoyi bog‘lovchilar qotish jarayoni, mustahkamligining 
o‘sishi faqat havoda yuz beradi. Havoyi bog‘lovchilarga havoyi ohak, gips, magnezial 
bog‘lovchilar, suyuq shisha va boshqalar kiradi.
Gidravlik bog‘lovchilar qotish jarayoni boshlanishi havoda yuz berib, suv Yoki o‘ta 
nam sharoitda davom etadi va mustahkamligi ortadi. Gidravlik bog‘lovchilar jumlasiga 
gidravlik ohak, romansement, portlandsement va uning turlari, giltuproqli sement
putssolanli va shlakli portlansementlar, kirishmaydigan va kengayuvchan sement va 
boshqalar kiradi.
Mineral bog‘lovchilar xossalarini yaxshilash uchun tarkibiga aktiv mineral 
qo‘shimchalar-trepel, opoka, diatomit, pemza, gliej, vulqon tufi va kuli hamda toshko‘mir 
kuli, shlaklar va boshqalar qo‘shilishi mumkin.
Mineral bog‘lovchilar asosida g‘isht, tosh terish va suvoqchilik qorishmalari, beton va 
temirbeton buyum va konstruksiyalar, armotsement konstruksiyalar, avtoklav buyumlar
elimlovchi va bo‘Yoq kompozitsiyalar va boshqa mahsulotlar tayyorlash mumkin.
2 Havoyi bog‘lovchilar 
2.1 Havoyi ohak  
Havoyi ohak tarkibida 6% gacha giltuproq bo‘lgan kalsiyli va magniyli karbonat tog‘ 
jinslari: bo‘r, ohaktosh, dolomitlashgan ohaktosh va dolomitlarni kuydirib olingan 
bog‘lovchi materialdir. Ohak bog‘lovchisi (kipelka) oq va kul rangida bo‘lib, bo‘lak-
bo‘lak holda hosil bo‘ladi. Havoyi ohak bog‘lovchisi quyidagi turlarda bo‘ladi: 
so‘ndirilmagan maydalangan, so‘ndirilgan gidrat (pushonka), ohak qorishmasi va ohak 
suti.
Ohak bog‘lovchisi tarkibidagi SaO miqdoriga nisbatan kalsitli, magnezialli va dolomitli 
bo‘lishi mumkin. Kukun ohak tayyorlash uchun so‘ndirilmagan ohak, domna shlaki
elektrotermofosforli shlak, aktiv mineral qo‘shimchalar bilan birga maxsus tegirmonda 
tuyiladi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling