Referat mavzulari ro’yxati


- MA’RUZA: SHISHA, SHISHA BUYUMLAR VA SITALLARNING ASOSIY


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

6- MA’RUZA: SHISHA, SHISHA BUYUMLAR VA SITALLARNING ASOSIY 
XOSSALARI 
Reja:
1. 
Umumiy ma’lumotlar.
2. 
Shisha ishlab chiqarish
3. 
SHishaning tuzilishi va asosiy xossalari
4. 
SHishaning turlari
5. 
SHisha buyumlar va konstruksiyalar
1. 
Umumiy ma’lumotlar 
SHisha va shisha tayyorlash jarayoni antik Egipet, Mesopotamiya, Gretsiya va Rimda 
eramizdan avvalgi 30-40 asrlarda ma’lum bo‘lgan. Keyinchalik Xitoy va Markaziy Osiyo 
mamlakatlariga shisha tayyorlash texnologiyasi turli xududlardan kirib kelgan. 
O‘zbekistonda mustaqillik tufayli shisha va shisha buyumlar ishlab chiqaruvchi zavodlar, 
sexlar ko‘paymoqda. SHular jumlasiga 1996 yilda qurib ishga tushirilgan CHirchiq
Quvasoy shisha zavodlarini kiritish mumkin. Bundan tashqari bir tomonlama nur 
o‘tkazuvchi, shishapaket, rangli va avtomobilsozlik uchun uch qatlamli shishalar ishlab 
chiqarish Yo‘lga qo‘yilmoqda.
SHisha va shisha buyumlar quyidagi jixatlari bilan klasslarga bo‘linadi: kimyoviy 
tarkibga ko‘ra: oksidli (silikatli, kvarsli, boratli, fosfatli va sh.k.); kislorodsiz (galogenli, 
nitratli va sh.k.); ishlatilish sohasiga ko‘ra; qurilish, me’morchilik, texnik, shisha idishlar 
va shisha tolalar.
2. 
Shisha ishlab chiqarish 
SHisha ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo sifatida kvars qumi ohaktosh, soda va 
natriy sulfati ishlatiladi. SHisha qorishmasini pishirish haroratini pasaytirish uchun unga 
soda, natriy sulfati qo‘shiladi. Agar kvars qumi va sodadan iborat qorishmadan shisha 
olinsa, nim shaffof suvda eruvchan shisha bo‘ladi (Na
2
Si0
3
). Qorishma tarkibiga ohaktosh 
Yoki dolomitni kiritish shishani suvda erimasligini ta’minlaydi.
Silikatli shisha 1500
0
S haroratda maxsus shisha eritish xumdonlarida olinadi. Massa 
harorati 800-900
0
S etganda silikatlar hosil bo‘lish jarayoni boshlanadi. Harorat 1150-
1200
0
S bo‘lganda massa shaffoflashadi, lekin tarkibida ko‘p havo pufakchalari bo‘ladi. 
SHisha massasidagi havo aralashmalari 1500
0
S chiqib ketadi va shisha qiyomiga yetadi. 
Massani qoliplash harorati 200-300
0
S atrofida bo‘lib, quyuqligi kimyoviy tarkibiga 
bog‘liq. SiO
2
, Al
2
O
3
, ZrO
2
oksidlari massani quyuqlashtirsa, Na
2
O, CaO, Li
2
O oksidlari 
aksincha, suyuqlashtiradi. SHisha massasini erigan xolatda uzoq muddat ushlash uning 
strukturasini amorf holatidan kristall holatga qayta o‘tishga olib keladi.
Silikat shishaning oksid tarkibi, % massa bo‘yicha:
SiO
2
-64-73; Al
2
O
3
-0,5-7,2; K
2
O-0-5; Na
2
O-10-15; CaO-2,5-26,5; MgO-0-4; Fe
2
O
3
-0-
0,4; SO
3
-0-0,5; V
2
O
3
-0-5.
SHisha massasiga kaolin, dala shpati (Al
2
O
3
) kiritilishi uning mexanik mustahkamligini, 
termik va kimyoviy chidamligini oshiradi. SHisha xom ashyosi tarkibiga B
2
O
3
qo‘shilsa, 
uning shishalanishi tezlashadi va kristallanishi kamayadi. Rux oksidi (ZnO) shishaning 
harorat chiziqli kengayish koeffitsientini kamaytiradi va termik chidamligini oshiradi.
Qo‘rg‘oshin oksidi (RbO) optik shisha va xrustall tayyorlashda ishlatiladi.


SHisha olish “qayiq” usulida bo‘lib, cheksiz shisha lentasini tortish demakdir. SHisha 
qalinligi tortish tezligi bilan boshqariladi. Vitrina va ko‘zgu oynalari silliqlanadi va 
shaffoflanadi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling