Referat mavzulari ro’yxati


-jadval   Havoyi ohakka qo‘yilgan texnik talablar


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

1-jadval  
Havoyi ohakka qo‘yilgan texnik talablar 
Ko‘rsatkichlar 
Kalsitli ohak 
navlari 
Magnezialli va 
dolomitli ohak navlari 
Gidratli ohak 
navlari 









Aktiv SaO MgO miqdori 
90 80 70 
85 
75 
65 67 60 50 
So‘nmagan zarrachalar miqdori 

11 14 
10 
15 
20 



Ohakni tashish, saqlash va ishlatish. So‘ndirilmagan donador ohak temir Yo‘l 
vagonlari va avtosamosvallarda to‘kilgan holda tashiladi. Bunda ohakni namlik ta’siridan 
saqlash zarur. Ohak pushonka va kukun ohak jips Yopiladigan metall konteynerlarda
maxsus polietilen katta qoplarda va bitumlangan Yoki Yog‘langan qog‘oz qoplarda 
tashiladi. Ohak qorishmasi maxsus kuzovli avtosamosvallarda, ohak suti esa 
avtotsisternalarda tashiladi.
Ohak pushonkani qurilish maydonlaridagi omborxonalarda qoplarga joylab qisqa 
muddat saqlash mumkin. Ohak kipelkani qurilish maydonlarida usti Yopiq holda uzoq 
muddat saqlash va zarurat bo‘lganda undan ohak qorishmasi tayyorlash mumkin. Kukun 
ohakni bir oydan ortiq saqlash mumkin, aks holda havodagi namlik ta’sirida aktivligi asta-
sekin kamayadi.
Havoyi ohak keramik g‘isht va bloklar terishda, suvoqchilikda ishlatiladigan murakkab 
va oddiy qorishmalar tayyorlashda, bo‘Yoq tarkiblari uchun bog‘lovchi sifatida ishlatiladi.


Havoyi ohak namlik va suv muhitiga chidamsizligi tufayli u asosidagi qorishmalar va 
buyumlarni poydevorlar qurishda, Yog‘in-sochin ta’sirida bo‘ladigan joylarda ishlatish 
maqsadga muvofiq emas.
Havoyi tuyilgan ohak va ohak pushonka asosida ohak putssolanli va ohak-shlakli 
gidravlik bog‘lovchilar ishlab chiqariladi.
Ohak-shlakli bog‘lovchilar donador domna shlaki va havoyi ohakni (2030%) birgalikda 
maydalab tuyib olinadi. Bog‘lovchining qotish jarayonini yaxshilash uchun tarkibiga 3-5% 
gips qo‘shiladi. Bunday bog‘lovchilar normal sharoitda sekin qotadi, lekin issiq nam havo 
bilan ishlanganda qotishi tezlashadi.
Ohak-putssolanli bog‘lovchilar ohak va aktiv minerallar-trepel, opoka, diatomit, gliej va 
boshqalarni birgalikda kukun holiga keltirib olinadi. Ohak-shlakli va ohak-putssolanli 
bog‘lovchilar asosidagi qorishma va betonlar namlikka va qisman suvli muhitga chidamli, 
ammo sovuqqa chidamliligi past bo‘ladi.
Havoyi ohakning katta qismi silikat g‘ishti va bloklari, g‘ovak, yengil va og‘ir silikat 
betonlari tayyorlashda ishlatiladi. Havoyi ohakni tashish, saqlash va ishlatishda texnika 
xavfsizligi choralariga rioya qilish zarur, chunki ohak bog‘lovchisi ishqoriy muhit bo‘lib, 
terini, nafas olish a’zolariga salbiy ta’sir etishi mumkin.
Nazorat savollari 

Mineral bog’lovchilar qanday klassifikatsiyalanadi? 

Havoiy ohak ishlab chiqarish texnologiyasi. 

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling