Referat mavzulari ro’yxati


Gips bog‘lovchisining qotishi


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Gips bog‘lovchisining qotishi. Gips bog‘lovchisi suv bilan aralashtirilganda ikki 
molekula suvli gips toshiga aylanadi va qotadi:
SaSO
4
.
0,5H
2
O 1,5H
2
O CaSO
4
.
2H
2
O
Mineral bog‘lovchilar nazariy bilimlari namoYondasi professor A.A.Baykov 
nazariyasiga binoan gips qotish jarayonini uch bosqichga bo‘lish mumkin. Birinchi davrda 
gips bog‘lovchi zarrachalari suvda eriydi va yarim molekula suvli gipsdan ikki molekula 
suvli gips hosil bo‘ladi. Ikki molekula suvli gips yarim molekula suvli gipsga nisbatan 
kam erishi sababli, yarim molekula suvli gipsning kimyoviy reaksiya boshlanishida hosil 
bo‘lgan to‘yingan eritmasi ikki molekula suvli gipsga nisbatan o‘ta to‘yingan bo‘ladi va u 
eritmadan ajragan holda hosil bo‘ladi. Ikkinchi davrda yarim molekula suvli gips suv bilan 
bevosita reaksiya natijasida mikrokristallar hosil qiladi va to‘yingan kolloid massa (gel) 
vujudga keladi. Uchinchi davrda ikki molekula suvli gipsning kolloid zarrachalari qayta 
kristallanib nisbatan yirik kristallar hosil bo‘ladi. Mikrokristallar kristall to‘siqlarini hosil 
qiladi va o‘zaro birikishi natijasida gips bog‘lovchisi qattiq moddaga aylanadi.
Gips bog‘lovchisi mustahkamligini oshirish uchun 60-70
0
S haroratda qizdirish mumkin. 
Bir kg gips bog‘lovchisi gidratatsiyasi natijasida 133 KDj issiqlik miqdori ajralib chiqishi 
gipsdan mahsulot tayyorlanganda uning qurishini va qotishini qisman tezlashtiradi.
Gipsning asosiy xossalari. Gips bog‘lovchisining zichligi 2,6-2,75 g/sm
3
, o‘rtacha 
zichligi to‘kilgan holatda 800-1100 kg/m
3
va zichlangan holatda esa 1250-1450 kg/m
3
atrofida bo‘ladi.
Gips bog‘lovchisining normal quyuqligi 50-70% suv sarfi bilan ifodalanadi va u 
gipsning maydalik darajasi va aralashmalarning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Suv sarfini 
kamaytirish uchun gips bog‘lovchisi tarkibiga turli organik plastifikatorlar kiritish 
mumkin.
Gips bog‘lovchilari quyuqlanishi davriga qarab uch guruhga bo‘linadi: Atez 
quyuqlanuvchan (quyuqlanish boshi 2 minut va oxiri 15 minut); B-normal 
quyuqlanuvchan (6minutdan 30 minutgacha); V-sekin quyuqlanuvchan (quyuqlanish 
boshlanishi kamida 20 minut). Davlat standarti tomonidan 12 markada gips bog‘lovchisi 
ishlab chiqariladi (MPa): G-2, G-3, G-4, G-5, G-6, G-7, G-10, G-13, G-16, G-19, G-22, 


G25. Bunda egilishdagi mustahkamlik chegarasi kamida har bir marka uchun 
mutanosiblikda 1,2 dan 8 MPa gacha qiymatda mos bo‘lishi kerak.
Gips havoyi bog‘lovchi bo‘lgani tufayli nam va suvli sharoitda mustahkamligi 
kamayadi. Uning namlikka chidamligini qisman oshirish uchun domna shlaki kukuni, 
suvga chidamli polimer bog‘lovchilar qo‘shilib yoki gipsdan tayyorlangan buyum va 
qismlar sirtini suvga chidamli lok-bo‘yoq moddalar va plyonkalar bilan qoplash mumkin.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling