Referat mavzulari ro’yxati
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
Gips ishlab chiqarish. Gips bog‘lovchisi ishlab chiqarish gips toshidan kimyoviy
bog‘langan 75% suvni bug‘latib yuborish bilan izohlanadi. Hosil bo‘lgan mayda tosh holatdagi gipsni maydalab kukunga aylantirilib o‘ta tez qotuvchan gips bog‘lovchisi tayyorlanadi. Ushbu jixatlarni hisobga olib gips bog‘lovchisi tayyorlashni shartli ravishda 3 usulga bo‘lish mumkin: Gips toshi maydalanadi, tuyiladi va pishiriladi; Gips toshi maydalanadi, pishiriladi va tuyiladi; Gips toshi maydalanadi, yuqori bosim ostida bug‘lanadi, so‘ng quritib tuyiladi. Gips toshi gips pishirish qozoni, aylanma xumdon, quritish barabani, shaxtali tegirmon va boshqa apparatlarda issiqlik bilan qayta ishlanib bog‘lovchiga aylantirilishi mumkin. Gips pishirish uskunalari davriy va uzluksiz ishlaydigan turlarga bo‘linadi. Davriy uslubda ishlaydigan gips pishirish qozoni hajmi 3-15 m 3 bo‘ladi. Qozon pastki qismida Yoqilgan o‘tdan qizigan havo qozonning pastki, o‘rta va yuqori qismlarida quvurlar ichidan o‘tib gips hom ashyosini qizdiradi. Maydalab, quritilib tegirmonda tuyilgan gips toshi qozonning yuklash moslamasi (lyuki) orqali solinadi va 1-3 soat davomida kurakli tik val Yordamida to‘xtovsiz aralashtirib turiladi. Pishirilgan gips bog‘lovchisi qozonning pastki qismidagi maxsus teshik orqali etiltirish bunkeriga uzatiladi va 20-40 minut saqlanadi. Bu erda mahsulotning issiqligi tufayli qisman chala pishgan gips toshi zarrachalari suvsizlanadi. Gips toshi aylanma xumdonlarda pishirilganda qizigan Yoqilg‘i gazlar qarshi harakatlanaYotgan hom ashyoni bevosita qisman suvsizlantiradi va yarim molekula suvli gips hosil bo‘ladi. Pishirilgan gips sharli tegirmonda tuyiladi. Gips toshi bir Yo‘la pishirilishi va tuyilishi ham mumkin. Buning uchun sharli tegirmonlardan foydalaniladi. Bu usul uzluksiz bo‘lib, tegirmonda kukunlangan gips toshi zarrachalari qizdirilgan tutun gazlari oqimi vositasida suvsizlantiriladi va maxsus siklon moslamalarida gips zarrachalari cho‘ktiriladi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling