Referat mavzulari ro’yxati
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyumlarni pishirish.
Buyumlarni quritish. Buyumlar pishirishdan avval 5-6% namlikgacha quritilishi
kerak, aks holda ular notekis kirishishi, darz ketishi va shakli o‘zgarishi mumkin. Buyumlarni tabiiy va sun’iy usulda quritish mumkin. Buyumlarni tabiiy usulda 10-15 kun davomida bostirmalarda quritiladi va quritish jarayoni havoning nisbiy namligi va haroratiga bog‘liq bo‘ladi. Buyumlar sun’iy quritish usulida davriy va doimiy ravishda ishlaydigan maxsus quritish kameralarida amalga oshiriladi. Kameralar pishirish xumdonlari tutun gazlari, maxsus xumdonlarda hosil qilingan gazlar (harorat 120-150 0 S) bilan isitiladi. Buyumlar 1-3 sutka davomida quritiladi. Buyumlarni pishirish. Pishirish keramik buyumlar ishlab chiqarishning oxirgi va xal etuvchi jarayonidir. Bu jarayonni shartli ravishda uch bosqichga bo‘lish mumkin: buyumni qizdirish, kuydirish va sovitish. Buyum 100-120 0 S qizdirilganda undan fizik bog‘langan suv chiqib ketadi. Harorat 450-750 0 S ko‘tarilganda buyumdan kimyoviy bog‘langan suv chiqib ketadi va organik aralashmalar yonib ketadi, gilli mineral buzilib amorf xolatga o‘tadi. Harorat 800-900 0 S yetganda oson eriydigan birikmalar eriydi va komponentlar zarrachalari yuzalari chegarasida qattiq fazalarda kimyoviy jarayonlar davom etadi. Buyum 1000-1200 0 S haroratgacha qizdirilganda zichlashadi va massa kirishadi. Bu kirishish gilning turiga qarab 2-8% tashkil etadi. Buyum asta-sekin sovitiladi. Sovitilgan keramik buyumlar toshsimon xolatga o‘tadi va mustahkam, suvga va sovuqqa chidamli bo‘ladi. Keramik buyumlar halqasimon, tunnel, tirqishli, rolikli va boshqa xumdonlarda pishiriladi. Halqasimon xumdon ellips shaklidagi tutash pishirish kanali bo‘lib, shartli ravishda 16 dan 36 gacha bo‘linadi. Kameralarda yuklash, qizdirish, pishirish, sovitish va xumdondan chiqarish jarayonlari amalga oshiriladi. Halqasimon xumdonda olov markazi, maxsus moslama vositasida, boshqa zonalar kabi pishirish kanali bo‘ylab to‘xtamasdan siljiydi, pishirilayotgan buyumlar esa qo‘zg‘almas holatda bo‘ladi. Halqasimon xumdonlarda asosan g‘isht va cherepitsa pishiriladi. Pishirish harorati 900- 1100 0 S bo‘lib, bu jarayon 3-4 sutka davom etadi. Xalqasimon xumdonlarda harorat kanal bo‘ylab bir tekis taqsimlanmaganligi uchun buyumlar turlicha sifatda pishadi. Bu usulda qo‘l mehnati ko‘p bo‘lib, jarayonni mexanizatsiyalantirish qiyin. Tunnel xumdonlarda (uzunligi 100 m gacha) buyum vagonetkalarda harakatlanadi. Bu usulda buyumlar harakatlanib pishirish operatsiyalari qo‘zg‘almas bo‘ladi. Buyumlar yuklash, qizdirish, pishirish, sovitish va xumdondan chiqarib olish operatsiyalari natijasida pishirib olinadi. Pishirish jarayoni 18-38 soat davom etadi. Bu xumdonlar ishlashini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish mumkin. Tunnel xumdonlarda mehnat unumdorligi yuqori bo‘lib, brak mahsulot kam bo‘ladi. Tunnel xumdonlarda sirlangan plitkalar, sanitariya-texnika buyumlari, kanalizatsiya quvurlari ikki marta pishiriladi. Birinchi marta pishirishda maxsus konsellarda joylashtirilgan plitkalar 1240-1250 0 S haroratda pishiriladi. Pishirilgan plitkalar navlarga ajratiladi, sirlanadi, kapsellarga joylashtiriladi va ikkinchi marta 1140 0 S haroratda pishiriladi. Kanalizatsiya quvurlari, qoplama g‘ishtlar va fasadbop plitkalar quritilgandan keyin sirlanadi va bir marta pishiriladi. Keramik buyumlar pishirilish darajasi, shakli, o‘lchamlari, tashqi ko‘rinishi, turli nuqsonlariga nisbatan navlarga ajratiladi. Pishirilish darajasi bo‘yicha ularni normal pishgan, chala pishgan va o‘ta pishgan buyumlarga bo‘lish mumkin. Keramik buyumlar omborxonalarda qurilish ob’ektlariga yuborilguncha saqlanadi. G‘isht va keramik toshlar metall tagliklarga terilgan holda ochiq maydonlarda, sanitariya- texnika buyumlari komplektlangan holda maxsus yashiklarda berk omborlarda saqlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling