Referat mavzulari ro’yxati
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Portlandsementning qotishi Qotish jarayoni.
- Portlandsement ishlab chiqarish sxemasi.
10-MARUZA: HAVOIY BOG’LOVCHILAR QURILISH VA YUQORI MUSTAXKAMLIKGA EGA GIPSLAR. REJA: 1 Portlandsementning qotishi 2 Sement toshi korrpziyasi. 3 Portlandsementning xossalari va xususiyatlari Portlandsementning qotishi Qotish jarayoni. Sement suv bilan aralashtirilganda mayin elimsimon modda hosil bo‘ladi va asta-sekin quyuqlashib qota boshlaydi. Sementning quyuqlanish davri 5-10 soat davom etadi, so‘ng kristallanish davri boshlanadi. Sement gidrominerallarining kristallanish jarayoni muayyan sharoitda yillab davom etadi. Sement gidratatsiyasi murakkab kimyoviy va fizik-kimyoviy jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Sement klinkerining har bir minerali suv bilan birikib gidrominerallarni hosil qiladi. Portlandsement ishlab chiqarish sxemasi. 1-giltuproq va ohaktosh karerdan keladi; 2-xomashyoni tayyorlash; 3dozator; 4-aylanma xumdon; 5-Yoqilg‘i uzatish; 6-klinkerni uzatish; 7-klinker omborxonasi; 8-gipsni maydalash va dozirovkalash; 9-gips omborxonasi; 10klinkerni (gipsni) maydalaydigan quvursimon tegirmon; 11-pnevmatik nasos; 12-kompressor; 13-sement omborxonasi (siloslar); 14-sementni qoplash. Gidratatsiya jarayonining boshlanish bosqichida alit suv bilan reaksiyaga kirishishi natijasida kalsiyli gidrosilikat va gidrooksid hosil bo‘ladi: 2(3CaO . SiO 2 ) 6H 2 O 3CaO . 2SiO 2 . 3H 2 O 3Ca(OH) 2 Belit suv bilan asta-sekinlik bilan reaksiyaga kirishib, quyidagi gidromineralni hosil qiladi: 2(2SaO . SiO 2 ) 4H 2 O 3CaO . 2SiO 2 . 3H 2 O Ca(OH) 2 Uch kalsiyli alyuminatni suv bilan reaksiyasi quyidagichadir: 3SaO . Al 2 O 3 6H 2 O 3CaO . Al 2 O 3 . 6H 2 O Sementning qotishini sekinlashtirish uchun 3-5% (sement massasiga nisbatan) miqdorida tabiiy gips klinker tuyulaYotgan vaqtda kiritiladi. Kalsiy sulfati uch kalsiyli alyuminat bilan suv ishtirokida birikib kalsiy gidrosulfoalyuminatini (ettringit minerali) hosil qiladi: 3SaO . Al 2 O 3 3(SaSO 4 . 2H 2 O) 26H 2 O 3CaO . Al 2 O 3 . 3SaSO 4 . 32H 2 O Sa(ON) 2 ga to‘yingan qorishmada ettringit kolloid eritma xolatida 3SaO . Al 2 O 3 yuzasini qoplaydi, gidratatsiya jarayonini va natijasida sementning qotishini sekinlashtiradi. Ettringit minerali hosil bo‘lishi sement toshining boshlang‘ich mustahkamligini oshishiga sharoit yaratadi. To‘rtkalsiyli alyumoferrit suv bilan birikib gidroalyuminat va gidroferrit hosil qiladi: 4SaO . Al 2 O 3 . Fe 2 O 3 mH 2 O 3CaO . Al 2 O 3 . 6H 2 O CaO . Fe 2 O 3 . nH 2 O Hosil bo‘lgan gidroferrit sement geli tarkibini tashkil etadi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling