Referat mavzulari ro’yxati


Beton tayyorlash uchun materiallar


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

2.Beton tayyorlash uchun materiallar 
Betonning mexanik, deformativ, gidrofizik, termofizik xossalari uni tashkil etuvchi 
komponentlarning aynan shunday xossalariga mos bo‘ladi.
Sement. Beton tayyorlashda portlandsement va uning turlari, shlakli va putssolanli 
sementlar, giltuproqli sement va boshqa sement turlari ishlatilishi mumkin.
Sementning markasi betonning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi bo‘yicha markasiga 
nisbatan quyidagi mutanosiblikda belgilanadi:


Beton 
markasi 
M150 M200 M250 M300 M350 M400 M450 M500 
M600 va 
yuqor 

Sement 
markasi 
M300 
M300 
M400 
M400 
M400 
M500 
M400 
M500 
M550 
M600 
M550 
M600 
M600 M600 
Sement markasi muayyan beton markasi uchun tavsiya etilganidan yuqori bo‘lsa, 
sement tarkibiga maydalab tuyilgan aktiv minerallar qo‘shilishi kerak. YUqori aktivlikdagi 
sement tarkibiga diatomit, trepel, opoka, gliej kabi tabiiy, domna va Yoqilg‘i shlaklari, 
kullar va sh.k. sanoat chiqindilari qo‘shilib, sementni tejash mumkin.
Betonni ishlatish iqlim sharoitiga qarab past Yoki yuqori ekzotermikli sementlarni 
tanlash maqsadga muvofiqdir.
Mayda to‘ldirgich. Barcha tabiiy va sun’iy tosh materiallarning 0,155mm fraksiyasi 
beton tayyorlashda mayda to‘ldirgich-qum sifatida ishlatiladi.
Oddiy og‘ir beton tayyorlashda tog‘ jinslarining tabiiy emirilishidan hosil bo‘lgan Yoki 
qattiq tog‘ jinslarini maxsus mashinalar yordamida maydalab saralangan qumlar 
ishlatiladi.
Qum donachalari mineral tarkibi asosan kvars, dala shpati, kalsit, slyuda kabi otqindi 
tog‘ jinslaridan iborat bo‘lib, ohaktosh, dolomit kabi cho‘kindi tog‘ jinslari kamroq 
bo‘ladi.
Beton tayyorlashda darYo, dengiz qumlari yoki tog‘ (jar) qumlari ishlatilishi mumkin. 
Daryo va dengiz qumlari donalari silliq yuzali oval shaklda bo‘lib, loy bilan ifloslangan 
bo‘lishi mumkin. Tog‘ qumlari donalari serqirra shaklda bo‘lib, tarkibida changsimon 
aralashmalar bo‘ladi.
Qum zich tog‘ jinslarini, shlaklarni maydalab olinganda serqirra va yuzasi g‘adir-budir 
donachalar hosil bo‘ladi. Maydalab olingan qumlar tabiiy hosil bo‘lgan qumlarga nisbatan 
toza bo‘ladi. Yuqori sifatli beton tayyorlash uchun qumlarni yuvib, quritib ishlatish kerak.
Betonning sifati mayda to‘ldirgichning mineral tarkibiga, donador tarkibiga, gil va loyli 
aralashmalar miqdoriga, organik aralashmalar mavjudligiga bog‘liq bo‘ladi.
Qum 0,15-5 mm fraksiya oralig‘ida turli o‘lchamdagi donalardan iborat bo‘lishi zarur. 
Bunda qumning oraliq bo‘shliqligi kam bo‘lib, undan tayyorlangan beton esa zich 
strukturaga ega bo‘ladi. Qumning maydayirikligi, ya’ni donador (granulometrik) tarkibi 
quritilgan qumni (1000 g) standart elaklar yig‘ilmasidan o‘tkazish usulida aniqlanadi. 
Elaklar yig‘ilmasi 5; 2,5; 1,25; 0,63; 0,315; 0,14 mm ko‘zli elaklardan iborat bo‘ladi.
Qum tarkibida 5-10 mm fraksiyadagi qum-tosh aralashmasi 5% oshmasligi kerak, 10 
mm yirik donalar esa bo‘lmasligi shart.
12.1-jadval

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling