Beton qorishmasining konus cho‘kishi ikki marta o‘tkazilgan tajribalar natijalarining
o‘rtacha arifmetik miqdori bilan o‘lchanadi.
Konus cho‘kishi balandligi 300, ustki asosining diametri 100
va pastki asosining
diametri 200 mm bo‘lgan kesik konus shaklidagi tagsiz metall qolip vositasida aniqlanadi.
Konus ichi avvaldan xo‘llangan bo‘lib, beton qorishmasi har biri 10 sm balandlikda
bo‘lgan uchta qatlam bilan to‘ldiriladi. Har qaysi qatlam diametri 16 va uzunligi 600 mm
va uchi yumaloq po‘lat tayoqcha bilan 25 marta sanchib zichlashtiriladi.
Qolip
ko‘tarilgach, hosil bo‘lgan beton konus xususiy massasiga ko‘ra cho‘kadi va aynan
cho‘kish miqdori beton qorishmasining konus cho‘kishini ifodalaydi.
Agar beton
qorishmasining konus cho‘kishi nolga teng bo‘lsa, uning qulay joylanuvchanligi bikrlik
bilan ifodalanadi.
Bikrlik. Beton qorishmasining bikrligi avvaldan qolipga
quyib tayyorlangan beton
qorishmasi konusining zichlashib, tekis holatga kelguncha sarf bo‘lgan vaqt (sekundda)
bilan ifodalanadi. (12.3, b-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: