Referat mavzulari ro’yxati


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


13-MAVZU: BETON QORISHMASI VA UNING XOSSALARI. 
 
REJA: 
 
1 Beton qorishmasining reologik xossalari 
2 Beton qorishmasining texnikaviy xossalari
3 Beton qorishmasining klassifikatsiyasi.
 
Beton qorishmasining reologik xossalari.Ratsional tanlangan tarkibdagi va meYoriga 
etkazib aralashtirilgan, qotmagan holdagi kompozitsion aralashmasiga beton qorishmasi 
deyiladi.
Nazariy va amaliy jihatlardan beton qorishmasi uzluksiz strukturaga ega bo‘lishi zarur. 
Beton qorishmasida sement, suv, mineral va polimer qo‘shimchalar mikrostrukturani hosil 
qiluvchi, mayda va yirik to‘ldirgichlar esa makrostruktura asosini hosil qiluvchi 
komponentlar hisoblanadi. Beton qorishmasining yaxlitligini komponentlar o‘rtasida hosil 
bo‘ladigan ichki kuchlar ta’minlaydi. Strukturani hosil qiluvchi asosiy komponent suv va 
sement xamiridir. Sement gidratatsiyasi jarayonida qattiq fazaning dispersligi oshishi 
hisobiga sement xamirining elimlovchi va bog‘lovchilik xususiyatlari ortib boradi. Beton 
qorishmasi tarkibi butun hajmi bo‘ylab bir xil bo‘lishi va qulay joylanuvchanligi uni 
tashish va qoliplashda muxim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Beton qorishmasiga tashqaridan kuch ta’sir etganda boshlang‘ich davrda elastik 
deformatsiyalanadi, kuchning oshib borishi natijasida qorishmaning strukturaviy 
mustahkamligidan ortiq kuchlanish hosil bo‘lganda u suyuqlanib oqa boshlaydi. Ushbu 
jarayonni izohlab beton qorishmasini elastik-plastik-oquvchan jism deb qarash va qattiq 
jism fizikasi va haqiqiy suyuqlik nuqtai nazaridan o‘rganish zarur.
Beton qorishmasini mexanik ta’sirlar natijasida suyulib, ta’sirlar olingach yana o‘z 
holiga qaytishi tiksotropiyasi deyiladi.
Beton qorishmasi oquvchanlik hossalarini mexanik ta’sirlar Yoki maxsus suyultiruvchi 
sirtaktiv moddalar qo‘shilib o‘zgartirish mumkin. Beton qorishmasining bu xususiyati 
undan beton va temirbeton konstruksiyalar va buyumlar tayyorlashda muxim ahamiyatga 
ega.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling