Referat mavzulari ro’yxati
Kengayuvchan va kirishmaydigan sementlar
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zo‘riqish hosil etuvchi sement
- Past haroratda kuydirilgan sement
Kengayuvchan va kirishmaydigan sementlar. Kengayuvchan sement ko‘p
komponentli bo‘lib, aktiv komponent sifatida 3CaO·Al 2 O 3 ·3CaSO 4 ·32H 2 O keltirish mumkin. Kengayuvchan sement giltuproqli sement (70%), gips (20%) va yuqori tartibli kalsiy gidroalyuminati (10%) kukun holda aralashtirilib olinishi mumkin. Bu turi tez qotadi va suv muhitiga chidamli bo‘ladi. Gipsgiltuproqli kengayuvchan sement yuqorigiltuproqli klinker yoki shlak va tabiiy gipsni aralashtirib maydalab yoki avval maydalab keyin aralashtirib olinadi. Bu sement suvda kengayadi, quruq sharoitda esa kirishmaydi. Kengayuvchan portlandsement (KPS) klinker 58-63%, giltuproqli klinker (shlak)-5-7%, gips –7-10%, aktiv mineral qo‘shimchalar –23-28% komponentlarni birgalikda maydalab tuyib olinadi. KPS dan tayyorlangan sement toshi yuqori zichlik va mustahkamlikka ega bo‘lib, bug‘ bilan qisqa vaqt ishlanganda tez qotadi. KPS suvli sharoitda 3 sut davomida kengayadi. Zo‘riqish hosil etuvchi sement-portlandsement-65-75%, giltuproqli sement-13-20%, gips-6-10% tashkil etuvchilardan iborat. Uning dispersligi 3500 sm 2 /g kam bo‘lmasligi kerak. Ushbu sement qotaYotgan paytda katta ichki zo‘riqish hosil qilish hisobiga armaturani taranglanishiga olib keladi. Bunday sementlarning qotish boshlanishi 30 min keyin va oxiri 4 soatdan kam bo‘ladi. Uning siqilishdagi mustahkamligi 1 sut 15 MPa, 28 sut esa –50 MPa bo‘lishi kerak. Ushbu sement asosidagi qorishmalar va betonlar yoriqlar hosil qilmagani uchun gaz, benzin, va sh.k. mahsulotlar saqlash omborxonalarida, bosim ostida ishlaydigan suv inshootlarda ishlatiladi. Past haroratda kuydirilgan sement-birinchi marta O‘zbekistonda professor B.I.Nudelman tomonidan ixtiro qilingan bo‘lib, alinitli sement deb ataladi. Alinitli sement xomashyosi tarkibiga kalsiy xlorid (SaCl 2 ) tuzi qo‘shiladi. Xomashyo tarkibiga SaCl 2 qo‘shilishi, sementni pishirish haroratini 1100-1200 0 S gacha pasaytiradi. Alinit sementini tayyorlash katta miqdorda energiya sarfini tejaydi va iqtisodiy samaradorlikni oshiradi. Alinit sementi tarkibida qolgan xlor ionlari u asosida tayyorlangan temirbeton konstruksiyalar armaturasini emirishi mumkin. Bunday ta’sirni kamaytirish maqsadida sement Yoki beton tarkibiga turli xildagi metallning xlorli korroziyasini ogoxlantiruvchi ingibitorlar qo‘shish zarur. Sulfomineral sementlar SAS-fosfatli o‘g‘itlar ishlab chiqarishda chiqindi hisoblangan fosfogips asosida professor T.A.Otaqo‘ziev yaratgan texnologiya asosida ishlab chiqariladi. Tez qotuvchan yuqori mustahkamlikdagi oddiy va oq sulfomineral sementlar fosfogipsga kaolinit glinasi, boyitilmagan temirli boksitlar va ohaktoshlar aralashtirib tayyorlangan hom ashyoni 1200-1250 0 S haroratda kuydirib olinadi. SAS sementlarni kuydirishda Yonilg‘i sarfi 30% kamayadi, aylanma xumdonning unumdorligi 25% ortadi. SAS sementi asosidagi materiallar atmosfera, suv muhitiga, sovuqqa chidamli bo‘ladi, ammo kompozitsion material qorilayotganda suvning sarfi biroz ko‘payadi. SAS sementini oddiy portlandsement bilan 40-60% miqdorda aralashtirib yuqori mustahkamlikdagi va o‘ta tez qotuvchan sementlar va ular asosida qurilish qorishmalari va betonlar tayyorlash mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling