Referat mavzulari ro’yxati


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

 
12- MA’RUZA 
BETON VA UNING XOSSALARI.
Reja: 
1. 
Umumiy ma’lumotlar.
2. 
Beton tayyorlash uchun materiallar.
3. 
Beton qorishmasining xossalari
4. 
Beton qorishmasining texnikaviy xossalari
1.Umumiy ma’lumotlar 
Beton ratsional tarkibda tanlangan mineral bog‘lovchi, suv, to‘ldirgichlar, maxsus 
qo‘shimchalardan iborat qorishmani aralashtirib, zichlashtirib olingan sun’iy kompozitsion 
tosh materialidir.
SHartli ravishda, mineral bog‘lovchi, suv, hususiy xollarda qo‘shiladigan polimer 
modifikatorlar, 
mineral 
aktiv 
Yoki 
inert 
dispers 
materiallar 
aralashmasini 
mikrokompozitlar, mikrokompozitlarga mayda va yirik to‘ldirgichlar aralashtirish 
natijasida hosil bo‘lgan majmuani makrokompozitlar deb atash mumkin.
Betonning fizik-mexanik, deformativ xossalari, sovuqqa chidamligi va boshqa 
ekspluatatsiya hususiyatlari mikro va makrokompozit strukturasiga bevosita bog‘liq 
bo‘ladi.
Beton qorishmasi tayyorlangan dastlabki paytda qayta ishlashqoliplash, zichlashtirish 
kabi jarayonlar oson bo‘ladi. Beton vaqt o‘tishi bilan qotishi natijasida o‘ta qattiq tosh 
materialga aylanadi va uni qayta ishlash juda qiyinlashadi.
Ratsional tarkibda tanlangan beton qorishmasida mikrokompozit 1520% hajmni, mayda 
va yirik to‘ldirgichlar esa 80-85% hajmni egallaydi. Yirik to‘ldiruvchi hosil qilgan 
majmuani karkas, mikrokompozitni esa matritsa deb qarash mumkin.
Mineral bog‘lovchilar va to‘ldirgichlarning turini o‘zgartirib, mustahkamligi, 
deformativ xossalari, turli ekspluatatsiya sharoitlariga mos keladigan, o‘rtacha zichligi 
turlicha bo‘lgan o‘ta og‘ir, yengil, o‘ta yengil, olovbardosh, radiatsiya nurini 
o‘tkazmaydigan va boshqa beton xillarini yaratish mumkin.
Beton tarkibiga sement massasiga nisbatan 0,01-1,0% polimer qo‘shimchalar kiritib, 
qorishma va qotgan holdagi hossalarini o‘zgartirsa bo‘ladi. Betonga 15-40% oralig‘ida 
(sement massasiga nisbatan) yuzasi maxsus usullarda aktivlashtirilgan dispers materiallar, 
masalan, kvars va tarkibida kvars bo‘lgan minerallarni kiritib betonga yangi xususiyatlar 
berish va portlandsementni tejash mumkin.
Betonni bog‘lovchi va to‘ldirgichning turiga, o‘rtacha zichligiga va ishlatish sohasiga 
nisbatan klassifikatsiyalash mumkin.
Beton bog‘lovchining turiga nisbatan quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
sementli, silikatli, gipsli, aralash bog‘lovchili, maxsus bog‘lovchili va boshqalar.
To‘ldiruvchining turiga nisbatan betonning quyidagi turlari mavjud:


Zich, g‘ovak, maxsus tayyorlangan to‘ldirgichlar. Maxsus to‘ldirgichlarga olovga 
bardoshli, kimyoviy muhitlarga chidamli, radiatsiya nurlarini qaytaruvchi va boshqalar 
kiradi.
Oddiy og‘ir beton uchun to‘ldirgichlar sifatida maxalliy tabiiy toshlar-shag‘al, chaqiq 
tosh, qumlar va sanoat chiqindilari-donador metallurgiya shlaklari va boshqalar ishlatiladi.
O‘rtacha zichligiga nisbatan beton quyidagicha klassifikatsiyalanadi: o‘ta og‘ir beton-
o‘rtacha zichligi 2500 kg/m
3
ortiq. O‘ta og‘ir betonlar magnetit, barit, cho‘yan qirindisi va 
boshqa og‘ir to‘ldirgichlar asosida tayyorlanadi. 
Bunday betonlar maxsus himoyalovchi konstruksiyalar va qismlar tayyorlashda 
ishlatiladi. Og‘ir beton-o‘rtacha zichligi 2200-2500 kg/m
3
bo‘lib, og‘ir tog‘ jinslari 
asosidagi qum, shag‘al, chaqiq tosh ishlatilib olinadi. Og‘ir beton bino va inshootlar uchun 
konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi. Yengillashtirilgan beton-o‘rtacha zichligi 1800-
2200 kg/m
3
bo‘lib, temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi.
Yengil betonning o‘rtacha zichligi 500-1800 kg/m
3
bo‘lib, turli usullarda olinadi: a) 
g‘ovak tabiiy va sun’iy to‘ldiruvchilar (keramzit, agloporit, pemza va sh.k.); b) yacheykali 
betonlar (gazbeton, ko‘pikbeton); v) qumsiz tayyorlanadigan zich va g‘ovak 
to‘ldiruvchilar asosidagi betonlar. O‘ta yengil betonning o‘rtacha zichligi 500 kg/m
3
kam 
bo‘lib, g‘ovak to‘ldiruvchilar asosida Yoki yacheyka hosil qilish usulida olinadi. Bunday 
betonlar issiqlik izolyasiyasi materiali sifatida ishlatiladi.
Umuman betonlar o‘rtacha zichligi 400 dan 4500 kg/m
3
oralig‘ida o‘zgaruvchan bo‘lib, 
ularning g‘ovakligi, mustahkamligi ham mos ravishda katta oraliqda o‘zgaradi.
Ishlatilish sohasiga nisbatan betonlar konstruksion (ustunlar, to‘sinlar, plitalar va 
boshq.), gidrotexnik (to‘g‘onlar, kanallar qurish uchun), devorbop va yengil Yopmalar 
uchun mo‘ljallangan beton, Yo‘lbop va aerodrom qoplamalari uchun beton, maxsus 
betonlar-kimyoviy va biologik muhitlarga chidamli, olovga bardoshli, radiatsion 
muhitlardan himoyalovchi va boshqa turlarga bo‘linadi.
Beton bino va inshootlar qurilishida asosiy konstruksion material bo‘lib, monolit Yoki 
yig‘ma temirbeton holida ishlatiladi. Beton tayyorlashda asosan maxalliy komponentlar 
ishlatilgani uchun tannarxi arzonga tushadi. Ishlab chiqarish texnologiyasining murakkab 
emasligi betonni bevosita kichik sexlarda, qurilish maydonlarida tayyorlash
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish mumkinligi, u asosidagi buyum va 
konstruksiyalar ishlab chiqarishni yuqori texnologiyalar darajasiga ko‘tarish imkoniyatini 
yaratadi. Beton qorishmasi qoliplarga qulay joylanuvchan massa bo‘lgani tufayli istalgan 
murakkab shakldagi konstruksiya va qismlarni tayyorlash mumkin.
Sementli betonning asosiy kamchiligi, uning cho‘zilishdagi mustahkamlik 
chegarasining pastligi bo‘lib, siqilishdagiga nisbatan 10-15 marta kamdir. SHuning uchun 
beton asosida konstruksiyalar tayyorlanganda cho‘zilish qismi po‘lat armaturalar bilan 
kuchaytiriladi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling