Referat mavzulari ro’yxati


- MA’RUZA:MAXSUS BETONLAR


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

 
15- MA’RUZA:MAXSUS BETONLAR.
Reja: 
 
1. 
Yengil betonlar 
2. 
Betonning maxsus turlari 
1. Yengil betonlar 
G‘ovakli to‘ldirgichlar asosidagi betonlar 
Yengil beton komponentlari. Yengil betonlar tayyorlashda bog‘lovchi sifatida oddiy va 
tez qotuvchan portlandsement, shlakli portlandsement va boshqalar ishlatilishi mumkin. 
To‘ldirgich sifatida tabiiy va sun’iy g‘ovak tosh materiallar, issiqlik izolyasiyasi va 
konstruktiv-issiqlik izolyasiyasi yengil betonlari olishda organik to‘ldirgichlar ham 
ishlatiladi. Organik to‘ldirgichlar Yog‘och, g‘o‘zapoya, kanop poyasi kabi o‘simliklar 
dunYosi chiqindilari asosida va penopolistirol, penopoliuretan kabi polimer moddalar 
asosida tayyorlanishi mumkin.
Noorganik yengil to‘ldirgichlar. Tabiiy yengil to‘ldirgichlar-pemza, vulkanik tuf
chig‘anoqli ohaktosh va boshqa yengil tabiiy toshlarni maydalab va elab olinadi. Sun’iy 
yengil to‘ldirgichlar ikki xil usulda tayyorlanadi:
1)Mineral xomashyolarni maxsus texnologiya asosida termik ishlov berib tayyorlanadi;
2)Sanoat chiqindisi bo‘lgan Yoqilg‘i shlaklari va kuli, tashlandi metallurgiya shlaklari 
va boshqalarni qayta ishlab (granula holatida) olinadi.
Mineral xomashyolar ichida eng ko‘p tarqalgani giltuproq bo‘lib, giltuproqga termik 
ishlov berish usulida tayyorlangan keramzit va agloporit g‘ovak to‘ldiruvchilari haqidagi 
ma’lumotlar 4 bobda batafsil berilgan.
Yengil betonlar tayyorlashda keramzit, agloporit bilan birgalikda ko‘pchitilgan perlit, 
vermikulit, shungizit, kamporit kabi g‘ovak to‘ldirgichlar ishlatiladi. Ko‘pchitilgan perlit 
tarkibida kimyoviy bog‘langan suv bo‘lgan shishasimon vulkanik jinslarni (perlitlar, 
obsidianlar) 950-12000S haroratda pishirib olinadi. Pishirish jarayonida perlitning hajmi 
10-20 marta oshib ketadi.
Vermikulit g‘ovak to‘ldirgichi tarkibida suv bo‘lgan slyudalarni kuydirib olinadi. U 
boshqa g‘ovak to‘ldirgichlardan qatlam-qatlam tuzilishi bilan farqlanadi.
SHungizit 
slanetsli 
shungit 
jinslarini 
kuydirib 
olinadi. 
SHungizit 
yuqori 
mustahkamlikka ega va suvli muhitlarga chidamlidir.
Kamporit birinchi marta O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan bo‘lib, yengil eriydigan tabiiy 
toshlarni maydalab so‘ng kuydirib olinadi.
Donador metallurgiya shlaki maxsus granulyatorlarda dona o‘lchamlari 57 mm (10mm) 
yiriklikda olinadi. SHlakli pemza metallurgiya shlaklarini tezlikda sovitish natijasida 
ko‘pchitib olinadi. SHlakli pemza maydalanadi va elanadi, olingan g‘ovak shlak mayda va 
yirik to‘ldirgich sifatida bo‘lishi mumkin. YOqilg‘i shlaklari toshko‘mir Yoqilganda 
gilsimon aralashmalarning erishi va ko‘pchishi natijasida hosil bo‘ladi. SHlak 
maydalanadi, elanadi va tarkibidagi Yonmagan ko‘mir donalari, kul va boshqalar chiqarib 
yuboriladi. Yoqilg‘i chiqindilari bo‘lgan shlaklar va kullar antratsit, toshko‘mir, qo‘ng‘ir 
ko‘mir va boshqa qattiq yoqilg‘ilarni yondirilganda hosil bo‘ladigan mahsulotlardir. Qattiq 


yoqilg‘ilar yondirilganda hosil bo‘ladigan kullar sement yoki boshqa bog‘lovchilar bilan 
aralashtirilib shag‘al holda yengil to‘ldiruvchilar tayyorlanishi mumkin.
G‘ovak mayda to‘ldirgichlar mayda qum-1,2 mm gacha va yirik qum-1,2-5 mm 
bo‘linadi. G‘ovak yirik to‘ldirgichlar 5-10, 10-20, 20-40 mm fraksiyalarda bo‘ladi. G‘ovak 
to‘ldirgichlar asosida betonlar, qorishmalar tayyorlanganda sement toshi hajmining eng 
kami miqdoriga erishish zarur, aks holda olingan mahsulotlar og‘irlashishi va issiqlik 
izolyasiyasi xususiyati pasayishi mumkin.
G‘ovak to‘ldirgichlar quruq holatdagi to‘kma zichligining ko‘rsatkichiga (kg/m3) 
binoan quyidagi markalarga bo‘linadi: 250, 300, 350, 400, 500, 600, 800, 1000 va 1200.
G‘ovak yirik to‘ldirgich (chaqiq tosh, shag‘al) mustahkamligi po‘lat silindrda ezish 
usulida aniqlanadi. Bu usulda aniqlangan mustahkamlik (kgs/sm2) 5 kam bo‘lmasligi va 
25-200 oralig‘ida bo‘lishi kerak.
G‘ovak to‘ldirgichlarning issiqlik o‘tkazuvchanligi, solishtirma issiqlik sig‘imi, 
radiatsion gigiena xossalari, zararli aralashmalarning miqdori standart usullarda doimo 
aniqlanishi zarur. Yengil to‘ldirgichlar tarkibidagi kislota qoldiqlari, tuzlar, loyli va 
changsimon aralashmalar, ba’zi radioaktiv moddalar va boshqalar standartlarda ruxsat 
etilgan miqdorlardan yuqori bo‘lmasligi shart. 

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling