Referat mavzulari ro’yxati
Gidromelioratsiya qurilishida
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar ishlab chiqarish Y
- Beton qorishmasini tayyorlash.
Gidromelioratsiya qurilishida temirbetondan suv ta’minoti va kollektor tizimi
quvurlari, yig‘ma quduq, kanal qoplama plitalari, sug‘orish lotoklari va boshqalar tayyorlanadi. Temirbeton quvurlar bosimli va bosimsiz turlarga bo‘linadi. Bosimsiz quvurlar kanalizatsiya va kollektor tarmoqlarida ishlatiladi. Quvurlarning diametri 300- 1200 mm. Ular M300 va undan yuqori markali betonlardan tayyorlanadi va suv o‘tkazmaslik va korroziyaga chidamlilik bo‘yicha yuqori talablar qo‘yiladi. Yuqori bosimda (W6-W12) ishlaydigan quvurlar avvaldan taranglangan armaturalar va to‘rlar bilan armaturalangan bo‘ladi. Ular yuqori bosim ostida ishlaydigan suv uzatish tizimlarini barpo etishda ishlatiladi. Turli maqsadlarda ishlatiladigan temirbeton buyum va konstruksiyalarga yig‘ma devor, elektr tarmog‘i tayanchlari, ariq lotoklari va shu kabilar kiradi. Ular M200-M300 markali betonlardan tayyorlanadi, sovuqqa chidamliligi /150-/200. 3. Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar ishlab chiqarish Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar ishlab chiqarish quyidagi asosiy texnologik jarayonlardan iborat: beton qorishmasini tayyorlash, armatura tayyorlash, qolip tayyorlash, konstruksiyani armaturalash, qoliplash, issiqlik bilan qayta ishlash, konstruksiya yuzasini pardozlash, omborxonalarga joylashtirish. Beton qorishmasini tayyorlash. Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar ishlab chiqarish zavodlarida beton qorishmasi bevosita beton qorish sexida tayyorlanadi. Beton qorish texnologiyasi mukammal ravishda 8 bobda berilgan. Armatura tayyorlash. Armatura sexida armatura karkaslari va to‘rlari maxsus payvandlash uskunalari vositasida tayyorlanadi. Sexda armatura sterjenlari va simlari kalavalar va o‘ramlarni maxsus stanoklarda metall zaklardan, zanglardan tozalanadi, to‘g‘rilanadi, kerakli uzunlikda qirqiladi. Alohida sterjenlar ko‘p nuqtali payvandlash uskunalarida kontakt usulida payvandlab armatura karkaslari va to‘rlari tayyorlanadi. Armatura karkaslari va to‘rlari zavodning qoliplash sexiga yuboriladi. Armaturalarni avvaldan taranglash qoliplash sexida maxsus stendlar va qoliplarda gidravlik domkratlar Yordamida Yoki elektrotermomexanik usulda beton quyilmasdan oldin amalga oshiriladi. Avvaldan taranglangan armaturalar stend Yoki qolipning chekka qismiga moslamalar Yordamida maxkamlanadi. Beton qotib siqilishdagi mustahkamligi 20 MPa dan ortganda maxkamlangan armatura bo‘shatiladi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling