Referat mavzulari ro’yxati


 Qurilish qorishmalari uchun materiallar


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

2. Qurilish qorishmalari uchun materiallar  
Bog‘lovchi moddalar. Qurilish qorishmalari olishda portlandsementdan tashqari 
shlakli portlandsement, putssolanli portlandsement, past markadagi (M200) sement va 
xususiy hollarda kirishmaydigan, kengayuvchi sementlar ishlatilishi mumkin.
YUqori markadagi sementlarni qurilish qorishmalari (ayniqsa, past markadagi 
qorishma) olishda ishlatish qorishmaning suv ushlashlik, qatlamlanish kabi 
xususiyatlarini yomonlashtiradi.


Qorishmaning texnologik xossalarini yaxshilash va portlandsement kabi 
bog‘lovchilarni tejash maqsadida ikki va uch komponentli murakkab tarkibli 
qorishmalar keng ko‘lamda ishlatiladi.
Havoyi va gidravlik ohak qurilish qorishmalari olishda ohak xamiri yoki ohak suti 
ko‘rinishida qo‘llaniladi.
Qurilish gipsi alohida ravishda binolarning ichki va tashqi bezagi
uchun qorishmalar va murakkab qorishmalar tayyorlashda qo‘shimcha sifatida 
ishlatiladi.
Mayda to‘ldirgich. Og‘ir qurilish qorishmalari uchun mayda to‘ldirgich sifatida 
kvars qumlari, dala shpati qumlari kabi tabiiy qumlar, zich tog‘ jinslarini maydalab 
tayyorlangan sun’iy qumlar ishlatiladi. Engil qorishmalar uchun keramzit, agloporit
perlit, vermikulit, shungizit, kamporit singari g‘ovak sun’iy to‘ldirgichlar asosidagi 
qumlar; pemza, tuf, shlaklar kabi engil toshlarning qumlari ishlatiladi. Qum tarkibida 
yirik donalar bo‘lsa, uni albatta elakdan o‘tkazish kerak. Qum tarkibidagi eng yirik 
donalar diametri 2 mm oshmasligi kerak. Qurilish qorishmasining markasi M100 va 
undan yuqori bo‘lsa, tarkibidagi chang, loy aralashmalari miqdori 10% ortiq 
bo‘lmasligi kerak. Qorishma markasi M50 va undan past bo‘lsa, buyurtmachi bilan 
kelishilgan holda chang, loy aralashmalari miqdori 20% gacha bo‘lishi mumkin. Qum 
tarkibida organik aralashmalar meyordan ortiq bo‘lmasligi zarur.
Suv. Qurilish qorishmalari tayyorlashda ichimlik suvi yaroqli hisoblanadi. Boshqa 
suvlar ishlatilsa, ular tarkibida kislota, ishqor, tuz eritmalari va qoldiqlari, uglevodorod 
birikmalari va sh.k. qorishma bog‘lovchi moddasi qotishiga zararli ta’sir ko‘rsatadigan 
aralashmalar bo‘lmasligi kerak.
Maxsus bino va inshootlar qurilishida suvni distilyator moslamalaridan o‘tkazib, 
toza holda ishlatish tavsiya etiladi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling