Referat mavzulari ro’yxati


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

1. Umumiy ma’lumotlar 
Qurilish qorishmasi kompozitsion material bo‘lib, mineral bog‘lovchi modda, suv, 
mayda to‘ldirgich va qorishma xossalarini yaxshilovchi qo‘shimchalardan iborat 
aralashmaning qotishidan hosil bo‘ladi. Mineral bog‘lovchi sifatida portlandsement va 
uning turlari, havoyi va gidravlik ohak, qurilish gipsi va sh.k. ishlatiladi. Qorishma 
xossalarini yaxshilovchi komponent sifatida mineral aktiv kukunlar va polimer 
sirtaktiv moddalar ishlatiladi.
Qurilish qorishmalarini ishlatish tarixi bir-necha ming yillarga tengdir. Xususan 
O‘zbekiston xududidagi arxitektura yodgorliklarini barpo etishda tarkibi aktiv mineral 
kukunlar va tabiiy organik moddalar bilan mukammallashtirilgan qurilish qorishmalari 
ishlatilgan. Bu bino va inshootlarning poydevor qismi qurilishida ishlatilgan suvga 
chidamli “qir” qorishmalari ohak bog‘lovchisiga o‘simliklar kuli va tabiiy yog‘liq 
komponentlarni qo‘shib tayyorlangani tarixiy manbalardan ma’lum.
Qurilish qorishmalari bog‘lovchi moddaning turiga, o‘rtacha zichligiga va ishlatilish 
sohasiga nisbatan guruxlarga bo‘linadi.
Bog‘lovchi modda turiga ko‘ra qurilish qorishmalari sementli, ohakli, gipsli va aralash 
bog‘lovchili (sement-ohakli, sement-giltuproqli, ohakgipsli va .sh.k.) qorishmalarga 
bo‘linadi. Qorishma bitta bog‘lovchi asosida bo‘lsa oddiy, bir-necha bog‘lovchidan iborat 
bo‘lsa murakkab qorishma deb ataladi.
O‘rtacha zichligiga ko‘ra qurilish qorishmalari og‘ir qorishmalarga
(
m
>1500 kg m
3
) va engil qorishmalarga (
m
<1500 kg m
3
) bo‘linadi.
Og‘ir qorishmalar kvars qumlari va boshqa og‘ir toshlarning qumlari asosida, engil 
qorishmalar esa keramzit, agloporit, shlaklar, pemza, tuf va boshqa engil toshlarning 
qumi asosida tayyorlanadi.
Ishlatilish sohasiga ko‘ra qurilish qorishmalari g‘isht-tosh terish, poydevor, yirik 
bloklar va boshqa temirbeton konstruksiyalarni montaj qilishda ishlatiladigan terish
g‘isht va tosh devorlar, devor temirbeton bloklar va panellar va boshqa 
konstruksiyalarni suvash uchun ishlatiladigan pardozlash; gidroizolyasiya, akustik, 
rentgen nurlaridan himoyalovchi va shu kabi maxsus qorishmalarga bo‘linadi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling