Referat mavzulari ro’yxati


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Sanoat bino karkaslari uchun temirbeton ustunlar, kran osti to‘sinlari, tom to‘sinlari, 
fermalari va arkalari ishlatiladi.
Sanoat binolari ustunlari yaxlit va panjarali, bir va ikki konsolli turlarda M200-M500 
markali og‘ir va yengillashtirilgan betonlar asosida ishlab chiqariladi. Ustunning 
balandligi sanoat binosi balandligiga mos ravishda, ko‘ndalang kesimining o‘lchamlari 
300x300 mm dan 400x600 mm gacha va undan ortiq o‘lchamlarda kvadrat, to‘g‘ri 
burchak va tavr shaklida tayyorlanadi (3-rasm).
Kran osti to‘sinlari va konstruksion to‘sinlar tayanishi uchun chetki qator ustunlari bitta 
konsolli, o‘rta qatordagi ustunlar ikkita konsolli qilib ishlab chiqariladi. Ustunlar avvaldan 
taranglangan armatura va armatura karkaslari bilan armaturalangan bo‘ladi.
3-rasm. Yaxlit kesimli va ikki tarmoqli temirbeton ustunlar a-binoning tashqi qatori 
(bir konsolli); b-binoning ichki qatori (ikki konsolli). 
Kran osti temirbeton to‘sinlari M400-M500 markali betondan, armaturasi avvaldan 
taranglangan holda ishlab chiqariladi. To‘sin tavr kesimli bo‘lib, uzunligi ustunlar 
orasidagi masofalarga bog‘liq bo‘ladi va odatda 12m qilib tayyorlanadi.


4-rasm. Temirbeton balkalar 
a-bir nishabli; b-ikki nishabli; v-segmentli. 
Kran osti to‘sinlari ustiga maxsus po‘lat relslar o‘rnatilib ko‘prik krani yurishiga 
mo‘ljallanadi. Tombop to‘sinlar bir va ikki nishabli, ko‘ndalang kesimi to‘g‘ri burchak, 
tavr va qo‘shtavr shaklida tayyorlanadi. To‘sinlar ishlab chiqarishda M400-M500 markali 
og‘ir va g‘ovak to‘ldirgichli yengil betonlar ishlatiladi. Ular sterjenli Yoki o‘rilgan 
avvaldan taranglangan armaturalar bilan armaturalanadi. To‘sinlar uzunligi 6, 9, 12 va 18 
m (16.4-rasm).
5-rasm. YOpmalarning segmentli (a) va qiya kergisiz (b) temirbeton fermalar 
Temirbeton fermalar tayanchlar orasidagi masofa 12, 18 va 24 m bo‘lganda tomlarni 
ko‘tarib turishga mo‘ljallangan. M400-M600 markali og‘ir va g‘ovak to‘ldirgich asosidagi 
yengil betondan armaturasi avvaldan taranglangan holda ishlab chiqariladi. Fermalarning 
kesimlari trapetsiya, uchburchak Yoki egri chiziqli segment shaklida bo‘lishi mumkin (5-
rasm).
Sanoat binolarida ferma konstruksiyalarini ishlatish binoning xususiy massasini 
kamaytiradi, beton va metall armaturalarni tejaydi, seysmik mustahkamlikni ta’minlaydi.
Temirbeton arkalar tayanchlar orasidagi masofa 100 m va undan ortiq bo‘lgan sanoat 
binolari tomini Yopishda ishlatiladi. Arkalar yaxlit Yoki panjarasimon devorli qilib 
yasaladi va odatda ikkita yarim arkadan yig‘iladi.
Sanoat binolari isitilmaydigan va isitiladigan turlarga bo‘linadi.
Isitilmaydigan binolarning devor panellari uzunligi 6-12 m va eni 1,21,5 m 
o‘lchamlarda yassi va qobirg‘ali plitalar ko‘rinishida og‘ir, yengil va yacheykali betonlar 
asosida tayyorlanadi. Isitiladigan sanoat binolari plita va panellari g‘ovak to‘ldirgichli 
betonlar, gaz va ko‘pikbetonlar, yirik g‘ovakli betonlar, ikki va uch qatlamli 
konstruksiyalar asosida tayyorlanishi mumkin.
Plita va panel og‘ir betondan, o‘rtasiga yengil samarali issiqlik izolyasiyasi materiallari 
qo‘yib, uch qatlamli holda tayyorlanadi. Ularni isitiladigan sanoat binolari qurilishida 
ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Issiqlik izolyasiyasi materiali sifatida yarim bikr mineral paxta plitalari, ko‘pikpolimer 
plitalar, arbolit va boshqalar ishlatilishi mumkin.


Sanoat binolarida qavatlararo va tombop plitalar va panellar jamoat binolari qurilishida 
ishlatiladigan konstruksiyalar kabi konstruksiyalar qo‘llaniladi. O‘rta qator ustunlar 
qo‘yish imkoniyati bo‘lmagan sanoat bino va inshootlarda, sport komplekslari va sh.k. 
bino tomlarini Yopishda qobiq havoyi konstruksiyalardan foydalaniladi.
Qobiq konstruksiyalarda ikki Yo‘nalish bo‘yicha qobiqlar hosil qilingan bo‘lib, 
kuchaytirish maqsadida uzunasi bo‘ylab maxsus qobirg‘achalar muayyan masofalarda 
hosil qilinadi. Qobiq konstruksiyaning xususiy massasini kamaytirish uchun asosiy Yopma 
qismi armotsementdan
(to‘ldirgichsiz) tayyorlanadi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling