Referat mavzulari ro’yxati


Buyum va konstruksiyalarni qoliplash


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Buyum va konstruksiyalarni qoliplash. Qoliplash jarayoni quyidagi asosiy 
operatsiyalardan iborat bo‘ladi: qoliplarni tozalash, yig‘ish va moylash, qolipga armaturani 
joylashtirish, qolipga beton qorishmasi quyish va zichlashtirish.
Temirbeton buyum va konstruksiyalarning sifati qolip o‘lchamlari aniqligiga va 
bikrligiga bog‘liq bo‘ladi. Qoliplar odatda po‘lat listlardan tayyorlanadi, xususiy hollarda 
boshqa metallar qotishmalaridan tayyorlanishi mumkin. Hozirgi vaqtda qoliplar plastik va 
shishaplastik listlar asosida tayyorlanmoqda. Misol tariqasida Germaniyaning “Pashal” 
Verke LTD firmasi plastik qoliplarini keltirish mumkin. Kam foydalaniladigan qoliplarni, 
yuza tomonini suv yuqtirmaydigan moylar surilgan Yog‘och asosida tayyorlash mumkin.
Beton quyishdan avval qoliplar qotgan beton qoldiqlaridan tozalanishi shart. Qolip 
yig‘ilgach, beton qolipga Yopishib qolmasligi uchun maxsus emulsion tarkiblar bilan 
moylanadi.
Beton qorishmasi qolipga turli betonquygichlar Yordamida quyiladi. Betonquygichning 
turi qoliplanadigan buyum va konstruksiyaning turiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, yuzasi 
katta plitalar, panellar va sh.k. ushbu buyum enini qoplaydigan betonquygich mashinalar 
vositasida, ensiz buyum va konstruksiyalar maxsus shlanglar, badyalar, transporter kabi 
betonquygichlar yordamida qoliplanadi.
Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda quyidagi beton zichlashtirish usullari 
ishlatiladi: titratish, prokatlash, vakuumlash, presslash, shibbalash, sentrifugalash va 
hokazo. Eng ko‘p tarqalgan usul qisqa muddatli titratish bo‘lib, titratish maydonlari katta 
yuzali buyumlar betonini zichlashtirishga imkon beradi.
 


17- MARUZA: QURILISH QORISHMALARINING ASOSIY XOSSALARI
 
Reja: 
1. 
Umumiy ma’lumotlar.
2. 
Qurilish qorishmalari uchun materiallar.
3. 
Qurilish qorishmalarining xossalari.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling