Tamponaj qorishmalar. Neft va gaz quduqlarini, tonnellarni gidroizolyasiya
qilishda, tog‘ jinslari yoriqlari va bo‘shliqlarini to‘ldirishda va boshqa joylarda
tamponaj qorishmalar ishlatiladi. Bu qorishmalarni tayyorlashda maxsus tamponaj
portlandsementi, agressiv muhitlarda esa sulfat muxitiga bardoshli portlandsement
ishlatiladi.
Tamponaj qorishmalar juda tez qotuvchanlik xususiyatiga ega.
Rentgen nurlaridan himoyalovchi qorishmalar. Ular barit qumi (VaSO
4
) asosida
tayyorlanadi. Mineral bog‘lovchi sifatida portlandsement va shlakli portlandsement
ishlatiladi. Qorishma tarkibiga litiy, bor, kadmiy kabi engil elementlar qo‘shimcha
sifatida kiritiladi. Barit qumining eng yirik donasi 1,25 mm katta bo‘lmasligi kerak.
Qorishmaning
o‘rtacha zichligi 2200 kg m
3
atrofida bo‘ladi.
Ular rentgen kabinalari va boshqa maxsus binolar devorlari va shiplarini suvashda
ishlatiladi.
Quruq qorishmalar
Keyingi yillarda mamlakatimizda va ayniqsa xorijda materiallar bozori qurilishda
turli quruq qurilish aralashmalarining keng ko‘lamda qo‘llanishi evaziga yanada
kengaydi. Ular asosan pardozlash xamda bino ichi va sirtidagi montaj ishlarida
qo‘llaniladi (g‘isht terishda, fasadlarni pardozlashda, pollarni barpo etishda). Quruq
aralashmalarga kiruvchi sement-oxakli aralashmadan iliq va uncha sovuq bo‘lmagan
xaroratlarda foydalaniladi (muzlashga qarshi qo‘shimchalar bilan birgalikda), suvoq
uchun ishlatiladigan gipsli quruq; aralashmalardan panelli uylarni restavratsiya
qilishda, quyma ravishda tiklanadigan binolar va boshqa shunga o‘xshash ishlarda
foydalaniladi. Gipsli quruq aralashmaning sarflanishi taxminan
80 m
2
/t
ni tashkil etadi.
6-rasm. MZS-10 quruq aralashmalar ishlab chiqarish kichikzavodining texnologik
Do'stlaringiz bilan baham: |