Referat mavzulari ro’yxati


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Gidroizolyasion 
qorishmalar. 
Gidroizolyasion 
qorishmalar 
odatda 
portlandsement, sulfat muxitiga chidamli sement, gidrofob sement va kengayuvchi 
sement asosida tayyorlanadi. Ularning tarkibiga 1:2,5 yoki 1:3,5 (sement:qum, 
massasi bo‘yicha) bo‘lib, suv o‘tkazmaslik xususiyatini yanada yaxshilash uchun 
tarkibiga har xil zichlashtiruvchi moddalar (natriy alyuminati, xlorli temir, bitum 
emulsiyasi, polimerlar, latekslar va boshq.) kiritiladi. Gidroizolyasion qorishmalar 
doimo nam, suv yoki agressiv muxitlar ta’sirida bo‘ladigan bino va inshootlarning 
qismlarini, yuzalarini suvashda ishlatiladi.
In’eksion 
qorishmalar. 
In’eksion 
qorishmalar 
armaturasi 
avvaldan 
taranglanadigan temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda armaturani korroziyadan 
himoyalash maqsadida kanallarni to‘ldirish uchun ishlatiladi.
Ular sement xamiri yoki sement-qum aralashmasi sifatida tayyorlangan pasta 
holatida bo‘lishi mumkin. Mayda to‘ldirgich sifatida yiriklik moduli eng kichik, 
yuvilgan kvars qumi ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mineral bog‘lovchi sifatida 
M400 va undan yuqori markali portlandsement ishlatiladi. Sementning sarfi 1m
3


qorishma uchun 1100-1400 kg va 1 m
3
sement xamiri uchun 1300-1600 kg bo‘lishi 
kerak. In’eksion qorishmaning siqilishga mustahkamligi bo‘yicha markasi kamida 300 
bo‘ladi.
Qorishma aralashmasining qovushoqligini kamaytirish uchun tarkibiga LST
milonaft kabi sirtaktiv moddalar va S-3 singari superplastifikatorlar (0,1-1%, massasi 
bo‘yicha) kiritish tavsiya etiladi.
Akustik qorishmalar. Tovush yutuvchi suvoqlar tayyorlashda va aks sado hosil 
bo‘lmaydigan xonalarni suvashda akustik qorishmalar ishlatiladi.
Mineral bog‘lovchi sifatida portlandsement, shlakli portlandsement, ohak, gips, ular 
asosidagi aralash bog‘lovchilar va kaustik magnezit ishlatiladi. Mayda to‘ldiruvchi 
sifatida ko‘pchitilgan perlit, pemza, keramzit va shu kabi g‘ovak materiallardan 
olingan, yirikligi 3-5mm bo‘lgan bir fraksiyali qumlar ishlatiladi. Qorishmalarning 
o‘rtacha zichligi 6001200 kg m
3
bo‘lib, ochiq g‘ovakli strukturaga ega bo‘ladi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling