Referat mavzulari ro’yxati


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Nazorat savollari 
1. 
Avtoklav nima va unda ishlov berishda qanday kimyoviy jarayonlar yuz beradi?
2. 
Silikat g‘ishti xom ashyosi tayyorlanishi va xossalari xaqida aytib bering.
3. 
Ko‘pik silikat va gaz silikat haqida gapirib bering.
4. 
Gips asosidagi buyumlar to‘g‘risida aytib bering.
5. 
Gips qoplama listlar nima? 
 
 
 
 
 
 
 
 


21- MAZVU: ASBESTSEMENT BUYUMLAR 
Reja: 
1. 
Asbestsement buyumlar.
2. 
Magnezial bog‘lovchilar asosidagi buyumlar
3. 
Akvapanel – sementli plitalar.
1. Asbestsement buyumlar 
Asbotsement sement, asbest (sement massasiga ko‘ra 10-20%) va suv 
aralashmasining qotishidan hosil bo‘lgan sun’iy kompozitsion qurilish materialidir. 
Asbotsement tarkibida sement bog‘lovchi matritsa, asbest esa dispers tolasimon 
armatura karkasi vazifasini bajaradi. Hosil bo‘lgan kompozit yuqori mustahkamlik
olovbardoshlik, suv o‘tkazmaslik, issiqlik izolyasiyasi, elektr o‘tkazmaslik va 
atmosfera muhitiga chidamlilik xususiyatlariga ega bo‘ladi.
Oxirgi vaqtda asbest tolasi konserogenlik xususiyatiga ega degan taxminlarga 
asoslanib ba’zi rivojlangan mamlakatlarda ular asosida qurilish materiallari ishlab 
chiqarish ta’qiqlab qo‘yildi. Ikkinchi taxminga ko‘ra bu ovozalar raqobatli firmalar 
orasidagi dunyo bozorini egallash yo‘lidagi tadbir deb qaraladi. Bu ikki qarama-qarshi 
fikrlar yuzasidan muayyan tadbirlar olib borilmoqda.
Asbotsement xom ashyo materiallari 
Portlandsement. Asbotsement buyumlar ishlab chiqarishda M400 va
M500 markali portlandsement, bezak materiallar olishda oq va rangli sementlar, 
buyumlar avtoklavda ishlov berilganda portlandsement va kvars kukuni aralashmasi 
ishlatiladi. Buyum tayyorlashda alitli sementlarni ishlatish maqsadga muvofiqdir. 
Sement tarkibida uch kalsiyli silikat 52% kam bo‘lmasligi uch kalsiyli alyuminat 8% 
ko‘p bo‘lmasligi kerak. Sementning maydalik darajasi 2900-3200 sm
2
g disperslikda 
bo‘lishi zarur. Qum kukunli portlandsement, portlandsement klinkeri, kvars qumi (45% 
gacha) va gips aralashmasini kukun xolatigacha maydalab tayyorlanadi.
Qum kukunli portlandsement bog‘lovchisining maydalik darajasi 32003600 sm
2

bo‘lishi kerak. Sement tarkibida tez eriydigan ishqorlar miqdori 0,3% oshmasligi 
shart.
Asbest. Asbest tabiiy tolasimon material bo‘lib, suvli va suvsiz magniy silikati, 
ba’zi turlarida kalsiy silikati va natriy silikatidan iborat bo‘ladi.
Asbotsement materiallar ishlab chiqarishda xrizotil-asbest (3 MgO
.
2SiO
2
x2H
2
O) 
ishlatiladi. Asbestning bu turi umumiy asbest ishlab chiqarishning 95% tashkil qiladi. 
Asbest tolasining diametri 1 mkm, lekin asbest toshi gidromexanik usulda 
ezg‘ilanganda o‘rtacha 0,02 mm tolalari hosil bo‘ladi. Asbest tolalari 600-800 MPa 
mustahkamlikka, egiluvchanlik xususiyatlariga ega. Sement toshi tarkibiga 10-20% 
asbest tolalari kiritilsa, uning egilishidagi cho‘zilish mustahkamligi 3-5 marta yuqori 
bo‘ladi va zarbiy mustahkamligi oshadi.
Asbest 8 navda (0 dan 7 gacha) va 42 markada tovar holida ishlab chiqariladi. 
YUqori navli asbestlarning tolasi uzun bo‘ladi. Asbotsement buyumlar ishlab 
chiqarishda qisqa tolali asbest-3,4,5 va 6 navli, tola uzunligi 0,3-10mm bo‘lgan turlari 
ishlatiladi.
Asbotsement buyumlar olishda asbest (10-15%), qisman bazalt shisha yoki shlak 
mineral paxtasi bilan almashtiriladi. Xususiy hollarda nebelenli sellyuloza, ikkilamchi 


kraft-sellyuloza, qog‘oz makulaturasi, yog‘och tolasi va boshqa sintetik tolalar 
ishlatilishi mumkin.
Suv. Asbotsement ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan suv tarkibida organik 
moddalar, loysimon aralashmalar, tuz eritmalari bo‘lmasligi kerak.
Sizot, botqoq, dengiz suvlarini ishlatish mumkin emas.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling