Referat mavzulari ro’yxati
-rasm. Asbotsement buyumlar ishlab chiqarish quyuvchi mashina sxemasi
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asbotsement buyumlarning qotishi
- Mexanik ishlov berish
1-rasm. Asbotsement buyumlar ishlab chiqarish quyuvchi mashina sxemasi
1- metall vanna; 2- asbotsement massa uzatuvchi tarnov; 3- konveyer lentasi; 4- siquvchi val; 5- asbotsement massa qatlami; 6- vakuum quticha; 7- formatli baraban; 8- etakchi- val; 9- tortuvchi valik; 10- metall to‘r tortilgan baraban. Asbotsement buyumlarning qotishi ikki bosqichdan iborat: zavod xududida transportirovkalash uchun etarli bo‘lgan dastlabki mustahkamlikgacha qotirish va markadagi mustahkamlikgacha qotirish. Qoliplangan buyumlar normal sharoitda 6-8 s davomida saqlangach, bug‘lash kameralarida 50-60 0 S haroratda 12-13 s davomida issiqlik bilan ishlov beriladi. Quvursimon va shu kabi buyumlar dastlabki qotishi suvli basseynlarda 20 0 S kam bo‘lmagan haroratda 3-8 sut. davom etadi. Portladsement asosidagi buyumlar iliq omborxonalarda normal sharoitda kamida 7 sut davomida qotishi oxiriga etkaziladi. Kvars kukunli sement asosidagi buyumlar qotishi avtoklavlarda 0,8 MPa bug‘ bosimi ostida va 172-174 0 S haroratda 12-16 s davomida oxiriga etkaziladi. Mexanik ishlov berish operatsiyasi buyumlarning dastlabki yoki yakuniy qotish jarayonlaridan keyin amalga oshiriladi: listlar burchak qirralarini kesish, quvurlar yon tomonlarini kesish, bosimli quvurlar yon tomoniga faskalar ochish va boshqalar. Asbotsement buyumlarning turlari Asbotsement buyumlarning asosiy turlariga tombop, devorbop, bezak, pogonajli quvurlar va maxsus buyumlar kiradi. Tombop buyumlar. Tombop asbotsement buyumlarga quyidagilar kiradi: turli profildagi to‘lqinsimon listlar va ular uchun fason qismlar, yirik o‘lchamdagi yopma yassi plitalar, armaturalangan konstruktiv yopma (nastil), ekstruziya usulida tayyorlangan panellar, kam qavatli binolar uchun tombop plitkalar va boshqalar. To‘lqinsimon profillangan listlar (9.8, a-rasm) oddiy, o‘rtacha, yuqori va unifitsirlangan profillarda tayyorlanadi. Profillangan listlar uzunligi 1200-3300 mm, to‘lqin qadami 115-350 mm bo‘ladi. Buyumning massasi 9-98 kg, egilishdagi mustahkamlik chegarasi esa 16-24 MPa ni tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda profillangan listlar 1750 mm uzunlikda, 40 150 va 54 200-6 (to‘lqin balandligi to‘lqin uzunligi-qalinligi) tiplarda turarjoy va qishloq xo‘jaligi binolari tomlarini yopish uchun; 54 200-7,5 tipi esa sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish bino va inshootlari tomlarini yopish uchun ishlab chiqarilmoqda. Uzunligi 1250mm, 30 130 va 40 150 tiplardagi to‘lqinsimon listlar kam qavatli va xususiy binolar qurilishida tombop material sifatida ishlatilmoqda. Sanoat binolarini yopish uchun uzunligi 3300 mm, 145 350 tipdagi VK listlari ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling