22- MAVZU: BITUM VA QATRON BOG’LOVCHILARNING ASOSIY
XOSSALARI. BITUM VA QATRON BOG’LOVCHILAR VA ULAR ASOSIDAGI
BUYUMLAR.
Bitumli va qatronli bog‘lovchilar bino va inshootlar qurilishida
qadimdan ishlatib
kelingan. Tabiiy bitum va qatronlar binolarning er osti qismini, yog‘och
konstruksiyalarni
gidroizolyasiya qilishda, bandargohlar inshootlarini dengiz sho‘r
suvlaridan himoyalashda va boshqa joylarda ishlatilgan. Bunday bog‘lovchilar
ishlatilgan joylar Misr, Vavilon,
Gretsiya, Markaziy Osiyo qadimgi shaharlarida
arxeologlar tomonidan topilgan. XIX asr o‘rtalaridan boshlab
neft qazib chiqarish
rivojlangach, neft bitumlari olish va ular asosida turli qurilish materiallari ishlab
chiqarish kengaygan.
Bitumli
materiallarga tabiiy bitumlar, asfalt jinslari, neft (sun’iy)
bitumlari va
gudron kiradi.
Tabiiy bitumlar-qovushoq suyuqlik yoki qattiq moddalar bo‘lib,
uglevodorod
birikmalari va nometall hosilalar aralashmalaridan iboratdir.
Tabiiy bitumlar neftni er qatlamlarida tabiiy oksidlanishi (polimerlanishi) natijasida
hosil bo‘lgan; rangi qora yoki to‘q jigar rang bo‘ladi. Ular neft konlari atrofida toza
holda er osti ko‘llari va linzalari sifatida hamda ko‘p xollarda cho‘kindi tog‘ jinslariga
(ohaktoshlar, qumtoshlar) shimilgan holatda uchraydi. Tabiiy bitum kamchil va narxi
qimmat bo‘lgani uchun qurilishda bitum loklari sifatida ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: