Referat mavzulari ro’yxati


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Asfalt jinslari-tabiiy bitum shimilgan g‘ovak tog‘ jinslaridir (ohaktosh, dolomitlar, 
qumtoshlar va boshqalar). Tarkibida 5-20% bitum bo‘lgan tog‘ jinslaridan turli usullar 
vositasida bitum ajratib olinadi yoki jinslar maydalanib asfalt kukuni ko‘rinishida 
qorishmalar va betonlar tayyorlashda ishlatiladi. Bitum asfalt jinslardan qaynoq suvda 
eritib yoki benzol, xloroform, skipidar, uglerod sulfidi kabi organik erituvchilar bilan 
ishlov berib olinadi.
Neft (sun’iy) bitumlari-neft xom ashyosini organik sintez jarayonidan hosil 
bo‘ladigan mahsulotlardir. Neftni qayta ishlash texnologiyasiga qarab bitumlar 
quyidagi turlarga bo‘linadi: neftdan (gudrondan) benzin, kerosin va moylar haydash 
yo‘li bilan olingan qoldiq bitumlar; gudronga maxsus apparatlarda havo puflab 
(oksidlab) olingan oksidlangan bitumlar; neft va neft moylarini yuqori haroratda 
krekinglanishi (parchalanishi) natijasida hosil bo‘lgan kreking bitumlar.
Gudron-neftdan olingan mazut tarkibidan moyli fraksiyalarni haydash nitijasida 
hosil bo‘lgan qoldiq mahsulot. Gudron bitum olishda asosiy xom ashyo vazifasini 
o‘taydi yoki mustaqil ravishda yo‘l qurilishida ishlatiladigan qorishma va betonlar 
tayyorlashda bog‘lovchi sifatida qo‘llaniladi.
Qatron materiallarga toshko‘mir, yog‘och, torf, yonuvchi slanets kabilarni havosiz 
muhitda quruq haydash natijasida hosil bo‘lgan qatronlar va peklar kiradi.
Bitum va qatronlar asosidagi gidroizolyasiya va kompozitsion materiallar turarjoy, 
sanoat, gidrotexnik inshootlar, avtomobil va aerodromlar qurilishida keng miqyosda 
ishlatiladi.
Bitum va qatronlar polimerlar bilan aralash bog‘lovchilar va ular asosida 
kompozitsion materiallar tayyorlashda ishlatib kelinmoqda.


Ular tarkibiga rezina, dispers armaturalovchilar va boshqa modifikatorlar kiritib 
xossalarini yaxshilash mumkin.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling