Referat mavzulari ro’yxati


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Kimyoviy xossalar. Bitum asosidagi materiallar 45% gacha konsentratsiyali 
ishqorlarga, fosfor kislotalariga (85% gacha), sulfat kislotalariga (50% gacha), xlorid 
kislotasiga (25% gacha) va uksus kislotasiga (10% gacha) chidamli bo‘ladi.
Azot oksidlari ko‘p bo‘lgan muhitlarda bitumli materiallar chidamsiz bo‘ladi. 
Bitumli materiallarning agressiv muhitlarga chidamliligi ular asosida temirbeton, 
metall, yog‘och va boshqa turdagi konstruksiyalarni gidroizolyasiya qilishda muxim 
axamiyatga egadir.
Fizik-mexanik xossalar. Bitumlarning sifati va ishlatilish sohalari qovushoqligi 
(qattiqligi), cho‘ziluvchanligi kabi xossalariga bog‘liq bo‘ladi.
Bitumning qovushoqligi penetrometr asbobi yordamida ignaning botish chuqurligi 
bilan o‘lchanadi.
YUk ostidagi ignaning botish chuqurligi (0,1 mm aniqlikda) qancha katta bo‘lsa, 
bitumning qovushoqligi shunchalik kichik bo‘ladi va bitum yumshoq markadagi 
bitum hisoblanadi.
Bitumning yumshash harorati “halqa va shar” asbobi yordamida aniqlanadi. Bu 
usulda halqa ichiga to‘ldirilgan bitum ustiga qo‘yilgan shar idishdagi suv isitilishi 
natijasida xususiy massasi ta’sirida halqa ichidan o‘tadi; aynan ushbu holatda 
belgilangan suvning harorati bitumning yumshash haroratini bildiradi.
Bitumning cho‘ziluvchanligi duktilometr asbobida aniqlanadi. Bitumdan 
tayyorlangan namunaning (“sakkiz” shaklida) 25
0
S haroratda uzilish paytigacha 
cho‘zilishi uzunligi (sm hisobida) bitumning cho‘ziluvchanlik ko‘rsatkichi 
hisoblanadi.
Bitumning chaqnash harorati bitum maxsus asbobda qizdirilganda muayyan 
haroratda o‘z-o‘zidan alangalanishi bilan belgilanadi. CHaqnash harorati bitum 
asosida kompozitsion materiallar tayyorlash texnologik jarayonlarida parametrlarni 
aniqlash uchun ahamiyatga ega.


Bitumga marka qovushoqligi, yumshash harorati va cho‘ziluvchanligiga qarab 
beriladi. Uning markasiga nisbatan ishlatilish sohasi aniqlanadi. Ishlatilish sohasiga 
nisbatan bitumlar qurilish, tombop va yo‘l qurilishi turlariga bo‘linadi.
Neft bitumlarining asosiy fizik-mexanik xossalari 22.1 jadvalda berilgan.
Neft bitumlari yog‘och bochkalarda, bidonlarda, faner yoki metall-faner 
barabanlarda, qog‘oz qoplarda tashiladi. Katta miqdordagi bitumlar isitish qurilmalari 
bilan jixozlangan temir yo‘l sisternalarida yoki platformalarda tashiladi. Bitumlar 
maxsus yopiq omborxonalarda yoki quyosh nuri va yog‘in-sochindan himoyalangan 
bostirmalarda saqlanadi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling