Referat mavzulari ro’yxati


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Plastifikatorlar polimer tarkibiga elastiklikni oshirish va mo‘rtlikni kamaytirish 
maqsadida kiritiladi. Plastifikatorlar sifatida dibutilftolat, kamfora, olein kislotasi, 
polivinilatsetat, SGS-65 GP lateksi va boshqalar tavsiya qilinadi.
Qotirgichlar (katalizatorlar) plastmassa va boshqa kompozitsion polimer 
materiallar qotish jarayonini tezlashtiradi va yuqori mustahkamlikdagi mahsulotlar 
olishni ta’minlaydi. Qotirgichlar sifatida kislotalar va ishqorlar, orgono-mineral 
komplekslar va sh.k. ishlatiladi.
Qotirgichlar (katalizatorlar) polimerlar qotishi jarayonida reaksiyaga kirishib yangi 
modda hosil qilmasdan faqat jarayonni tezlashtirish xossasiga egadir. Ular 
qo‘llanilishi tufayli polimerlanish jarayonlari atmosfera bosimi va xona harorati 
sharoitida qisqa muddat ichida yuz beradi va mahsulot tannarxini keskin kamayishiga 
sabab bo‘ladi.
Stabilizatorlar plastmassa va boshqa kompozitsion polimer materiallarning vaqt 
bo‘yicha eskirishini oldini oladi. Ular plastmassalarni quyosh nuri, havodagi kislorod 
va boshqa gazlar, issiqlik va sh.k. muhitlar ta’siriga chidamliligini oshiradi.
Bo‘yoqlar plastmassalarga ma’lum rang beradi. Bo‘yoqlar sifatida organik 
moddalar (nigrozin, xriozoidin) va mineral pigmentlar (oxra, mo‘miyo, ultramarin, 
belila, umbra va boshq.) ishlatiladi.
Poroforlar
(g‘ovak
hosil qiluvchi)
plastmassa tarkibida polimerlarni 
(ko‘paytirish) usulida engil materiallar olish uchun xizmat qiladi.
Plastmassa va boshqa kompozitsion polimer materiallar tarkibi uchun 
komponentlarni to‘g‘ri tanlash va ular orasidagi mutanosiblikni saqlash ular asosida 
tayyorlanadigan buyum va konstruksiyalar xossalarini va ishlatilish sohalarini 
belgilaydi.
Plastmassalarning asosiy xossalari  
Plastmassalar qurilish materiallari ichida konstruktiv sifat ko‘rsatkichi yuqori, ya’ni 
xususiy massasi kam, mustahkamligi esa yuqori material hisoblanadi. Ular 
alyuminiydan 2 marta, po‘latdan 5-6 marta engil. Plastmassalarning zichligi 0,8-1,8 
g sm
3
, o‘rtacha zichligi esa 20 dan 2200 kg m

gacha o‘zgaradi.
Plastmassalar mustahkamligi keng chegaralarda o‘zgaradi. Kukun va tolasimon 
to‘ldirgichli plasmassalarning siqilishdagi mustahkamligi 120160 MPa, yog‘och 


shponli plastiklarniki 200-220 MPa, SVAM niki (shisha tolali anizotrop material) esa 
420 MPa. Poroforli plastmassalarning siqilishdagi mustahkamligi odatda 0,1-10 MPa 
atrofida bo‘ladi.
Tolasimon va qatlamli to‘ldirgichli plastmassalarning uzilishdagi mustahkamlik 
chegarasi yuqori bo‘ladi. Masalan, tekstolitniki 150 MPa, yog‘och shponli 
plastmassalarniki 350 MPa.
Plastmassalarning issiq o‘tkazuvchanligi uning g‘ovakligiga bog‘liq bo‘ladi. O‘ta 
engil plastmassalarning issiq o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,03 Vt (m
.0
S).
Plastmassa turiga qarab ishqor, kislota, tuz eritmalari va boshqa agressiv muhitlarga 
chidamli bo‘ladi. YUqori zichlikdagi va mustahkamlikdagi plastmassalar edirilishda 
va zarbga bardoshlidir.
Plastmassalar tarkibiga bo‘yoqlar qo‘shilib turli rangli mahsulotlar olish mumkin.
Organik shisha (polimetilmetakrilatlar) shaffof bo‘lib, 1% dan kam ultrabinafsha 
nurlarni o‘tkazadi, oddiy oyna esa 70% dan ko‘p nurni o‘tkazadi.
Plastmassalarni arralash, teshish, frezerlash, randalash, charxlash va boshqa 
texnologik ishlov berish oson. Plastmassa buyumlarni o‘zaro va boshqa materiallar 
(metall, yog‘och, mato va sh.k.) bilan elimlash mumkin. Bu imkoniyatdan foydalanib 
turli xususiyatlarni o‘ziga mujassam qilgan elimlangan qurilish buyumlari, 
konstruksiyalari va qismlari tayyorlanadi.
Plastmassa buyumlarni payvandlash osonligi ular asosida mustahkam yig‘ma 
konstruksiyalar tayyorlash imkonini beradi.
Mexanizatsiyalashtirilgan payvandlash usulida truboprovodlar, korroziya muhitidan 
himoyalovchi gidroizolyasiya qatlamlari hosil qilish va boshqa ishlarni amalga 
oshirish mumkin.
Ba’zi plastmassalarning (polimerlar) yoriqlarisiz o‘ta yupqa pardalar hosil qilish 
imkoniyati ular asosida korroziyaga bardoshli va pardozlash bo‘yoqlari va loklari 
tayyorlashga zamin yaratadi.
Plastmassalar va boshqa kompozitsion polimer materiallar o‘ziga xos 
kamchiliklarga ega. Plastmassalarning issiqqa bardoshliligi yuqori bo‘lmay, 70
0
S dan 
200
0
S gacha bo‘ladi.
Issiqdan chiziqli kengayish koeffitsienti yuqoriligi plastmassalarning asosiy 
kamchiliklaridan hisoblanadi. Odatda 25-120
.
10
-6
atrofida bo‘lib, po‘latning ushbu 
ko‘rsatkichidan 2,5-10 marta ko‘pdir. Plastmassalarning bu kamchiligini boshqa 
materiallar 
bilan 
kombinatsiyalashgan 
buyum 
va 
konstruksiyalar 
olishda, 
antikorrozion qoplamalar hosil qilishda, katta o‘lchamdagi konstruksiyalarni yig‘ishda 
(masalan, 
truboprovodlar, 
havoyi 
konstruksiyalar) 
hisobga 
olish 
zarur. 
Plastmassalarning bu kamchiligini tarkibiga imkon qadar to‘ldirgichlar kiritish usuli 
bilan bartaraf etish mumkin.
Plastmassalarning kamchiliklaridan biri yuklama ta’sirida vaqt davomida 
deformatsiyaning ortib borishidir (polzuchest). Bu kamchilik plastmassalar asosida 
yuk ko‘tarishga mo‘ljallangan konstruksiyalar tayyorlashda hisobga olinishi kerak.
Ba’zi plastmassalar yuqori harorat ta’sirida va yonganda zararli gazlarni ajratib 
chiqaradi va atrof-muhit yoki xonalarda toksinlashgan sharoitni hosil qiladi. 
Polivinilxlorid singari termoplastik polimerlar xona harorati va namligi sharoitida ham 


inson uchun zararli xlor moddasini ajratadi. Plastmassalardan zararli gaz va 
suyuqliklar ajrlishini bartaraf etish uchun tarkibiga stabilizatorlar qo‘shiladi.
Plastmassalarning umumiy kamchiligiga quyosh nuri va kislorod ta’sirida eskirishi 
kiradi.
Plastmassalardan tayyorlangan buyum va konstruksiyalarning asosiy xossalari va 
muayyan muhitlarga bardoshliligi ularning ishlatilish sohalarini belgilaydi.
Plastmassalarning xossalarini tarkibiga turli modifikatorlar kiritib o‘zgartirish, 
yaxshilash va boshqarish mumkin.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling