Referat mavzulari ro’yxati
Plastmassalarning tarkibi va xossalari
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kukun to‘ldirgichlar
2. Plastmassalarning tarkibi va xossalari
Plastmassa kompozitsiyalari polimer bog‘lovchi, kukun to‘ldirgich, plastifikator, qotiruvchi, stabilizator, bo‘yoqlar va boshqa modifikatorlardan iboratdir. Plastmassalar tarkibi Bog‘lovchi moddalar sifatida polimerlar-sintetik smolalar, kauchuklar, sellyuloza birikmalari ishlatiladi. Polimer bog‘lovchining turi plastmassalarning issiqqa bardoshlilik, kislota va ishqorlarga bardoshlilik, mustahkamlik va deformativlik va boshqa xossalarini belgilaydi. Polimer bog‘lovchilar ishlab chiqarishda neft, toshko‘mir, tabiiy gazlar, o‘simlik dunyosi va boshqa organik moddalar ishlatiladi. Polimerlarni organik sintez qilish jarayonida havodan olinadigan azot, kislorod va boshqa gazlar ishlatiladi. Polimerlar tannarxini belgilovchi omillar xomashyoning tannarxi va sintez jarayonining murakkablik darajasi hisoblanadi. Texnik taraqqiyotning rivojlanishi va organik sintezni mukammallashishi va arzonlashishi polimer bog‘lovchilar xossalarini yaxshilanishiga va tannarxining arzonlashishiga sabab bo‘ladi. Kukun to‘ldirgichlar noorganik va organik xomashyo asosida olinadi. Ular tuzilishi jihatidan kukun va dispers tolasimon bo‘lishi mumkin. Dispers kukunlar sifatida kvars qumi, alyuminiy, giltuproq, ohaktosh, dolomit va boshqa minerallardan maydalab olingan materiallar ishlatiladi. Tolasimon to‘ldirgich sifatida shisha, asbest, bazalt, nitron, tekstil chiqindilari ishlatiladi. Qatlamli plastmassalar olishda qog‘oz, matolar, yog‘och shponi va boshqa yupqa qatlamli materiallar qo‘llaniladi. Kukun to‘ldirgichlar plastmassalar xossalarini yaxshilaydi va polimer bog‘lovchini tejaydi. Masalan, mineral kukunlar plastmassalarning issiqqa bardoshliligini, kimyoviy muhitlarga chidamliligini, tolasimon va matoli to‘ldirgichlar cho‘zilishdagi va egilishdagi mustahkamligini oshiradi. Dispers (kukun) to‘ldirgichlar yuzasiga mexanik-kimyoviy aktivatsiya usulida ishlov berib plastmassalarning xossalarini keskin yaxshilashi mumkin. Bunda to‘ldirgich yuzasiga maydalanish jarayonida turli tuz birikmalari va gidrofob yoki difil sirt-aktiv moddalar va boshqa modifikatorlar bilan ishlov beriladi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling