Referat mavzulari ro’yxati
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Penetron gidroizolyasiya qurilish materiallari
Issiq bitum-mineralli mastikalar bitum bog‘lovchisi tarkibiga nisbatan 30-64%
mineral kukunlar kiritib tayyorlanadi. Ular qurilish konstruksiyalari, gidrotexnik inshootlar choklarini berkitishda quyma kompozitsiya sifatida ishlatiladi. Sovuq asfalt mastikalari (xamast) bitum-ohakli pastani mineral kukun bilan sovuq holatda aralashtirib tayyorlanadi. Ular sovuq gidroizolyasiyada va deformatsion choklarni berkitishda ishlatiladi. Gidrofob gazoasfalt bitum-ohakli pastaga 10-15% portlandsement va gaz hosil qilish uchun alyuminiy pudrasi (upasi) qo‘shib olinadi. U kompleks tom yopma panel konstruksiyalari tayyorlashda va truboprovodlarni teplogidroizolyasiya qilishda ishlatiladi. Antikorrozion bitumli mastikalar qurilish konstruksiyalari va truboprovodlarni agressiv muhitlardan himoyalashda ishlatiladi. Mastika eritilgan qiyin eriydigan bitumlar va mineral kukun to‘ldirgichlar asosida tayyorlanadi. Ular kislota va ishqorlar eritmalariga, azot oksidlariga, oltingugurt gazi, ammiak va kislota bug‘lari (60 0 S), tuz eritmalari va boshqa agressiv muhitlarga chidamli bo‘ladi. Bitum-rezinali mastikalar neft bitumlari, rezina kukuni va modifikatorlar asosida olinadi, issiq va organik erituvchilar qo‘shilib sovuq holda tayyorlanadi. Ular er osti metall truboprovodlarni gidroizolyasiyalashda ishlatiladi. Bitum- polimerli mastikalar neft bitumlari va kauchuklar yoki sintetik polimerlar va mineral kukun to‘ldirgichlarni sinchiklab aralashtirilib tayyorlanadi. Kauchuk va polimerlar mastikalarning issiqqa bardoshliligini va sovuqda elastikligini ta’minlaydi. Ular qurilish konstruksiyalarini korroziya muhitidan himoyalash uchun ishlatiladi. Penetron gidroizolyasiya qurilish materiallari Penetron gidroizolyasiya qurilish materiallari monolit va yig‘ma temirbeton konstruksiyalarining sirtini gidroizolyasiyalashda ishlatiladi. Suvo‘tkazmaslik, muzlashga bardoshlilik, mustahkamlik kabi xossalarini oshiradi. Konstruksiyani kislata, ishhor, yomg‘ir suvlari, dengiz va gurunt suvlari kabi agressiv muhitlarga chidamligini oshiradi. Penetron gidroizolyasiya quruq qurilish qorishmasining tarkibi maxsus sement, aniq yiriklikdagi kvars qumi, patentlashtirilgan kimyoviy faol qo‘shimchadan iborat. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling