Ruberoid eni 1000, 1025, 1050 mm, umumiy yuzasi esa 5, 7, 10 va 15m
2
holda
ishlab chiqariladi.
Hozirgi vaqtda ruberoidning pastki tomoni
qalin qoplamali xili ishlab
chiqarilmoqda. Bu ruberoid xili tom gidroizolyasiyasida
bevosita asosga maxsus
bitumli mastikalarsiz yopishtiriladi. Buning uchun maxsus moslama yordamida alanga
hosil qilinadi va ruberoid pastki tomonidagi qoplama eritilib asosga yopishtiriladi. Bu
usulda tom qoplanganda mehnat unumdorligi 50% ortadi, ish tannarxi arzonlashadi va
qoplamaning sifati oshadi (23.1-rasm).
23.1-rasm. Eritiladigan ruberoid asosida tomni gidroizolyasiyalash
Ruberoid polotnosi ustma-ust, ya’ni qo‘shni polotnoni 7-10 sm qoplab yopishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: