Referat mavzulari ro’yxati


Donali gidroizolyasiya buyumlari


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Donali gidroizolyasiya buyumlari. Fasonli bitumli listlar LB-500 va LB-600 
markalarda ishlab chiqariladi. SHimdirilgan bitumli massaning yumshash harorati 
60
0
S kam bo‘lmasligi kerak. Ular tom qoplamalarining yuza qismiga ishlatiladi.
Armaturalangan plitalar bitumli issiq mastikani yoki issiq asfalt qorishmasini, 
metall to‘r yoki shisha mato bilan armaturalab, presslash usulida tayyorlanadi.
Armaturasiz plitalar aynan shunday kompozitsiyalar asosida armaturasiz 
tayyorlanadi. 
Ushbu 
plitalar 
qurilish 
konstruksiyalarini, 
poydevorlarni 
gidroizolyasiyalashda va deformatsiyalanuvchi choklarni berkitishda ishlatiladi.
Nazorat uchun savollar  
1.Tabiiy va neft bitumlari to‘g‘risida aytib bering.
2. 
Asfaltbeton va asfalt qorishmalari nima?


3. 
Bitum asosidagi o‘rama materiallar haqida gapirib bering.
4. 
Ruberoid va tol haqida ma’lumot bering.
24- MAVZU: GIDROIZOLYATSIYA MATERIALLAR 
Reja: 
1. 
Gidroizolyasiya mastikalari
2. 
Emulsiya va pastalar
3. 
Asfaltli qorishmalar va betonlar
Gidroizolyasiya mastikalari 
Mastika neft bitumlari yoki qatronlar mineral o‘ta mayda to‘ldirgichlar va 
modifikatsiyalovchi qo‘shimchalar asosida olingan plastik kompozitsion materialdir. 
Mastikalar tayyolashda kukun to‘ldirgich sifatida maydalangan ohaktosh, dolomit, 
mel, sement, shlak, kullar, tolasimon to‘ldirgich sifatida esa asbest, mineral paxta
shisha tolasi va sh.k. ishlatiladi.
Kukun to‘ldirgichlar mastikaning qattiqligini, issiqqa bardoshliligini, tolasimon 
to‘ldirgichlar esa egilishdagi mustahkamligini oshiradi. Bundan tashqari bitum va 
qatron bog‘lovchilari tejaladi.
Mastikalar quyidagicha turlanadi: bog‘lovchining turiga ko‘ra bitumli, bitum-
rezinali, bitum-polimerli; ishlatilish usuliga nisbatan issiq, sovuq; ishlatilish sohasiga 
ko‘ra elimlovchi, tombop izolyasiyalovchi, asfaltli gidroizolyasiyalovchi va 
antikorrozion.
Issiq mastikalar bitum asosida 160
0
S haroratda, qatron asosida 130
0
S haroratda 
tayyorlanadi. Sovuq mastikalar organik erituvchilar qo‘shilib tayyorlanadi va muhit 
harorati 5
0
S kam bo‘lmagan holda isitilmasdan, harorat 5
0
S kam bo‘lganda 60-70
0

isitilgan holatda ishlatiladi.
Elimlovchi mastikalar ko‘p qatlamli tom qoplamalari va qurilish konstruksiyalarni 
gidroizolyasiyalashda o‘rama materiallarni elimlashda ishlatiladi. Bitum bog‘lovchisi 
asosida tayyorlangan o‘rama materiallar (ruberoid, pergamin va sh.k.) bitumli 
mastikalar bilan, qatronli o‘rama materiallar (tol, tol-charm va sh.k.) esa qatronli 
mastikalar bilan elimlanadi.
Elimlovchi mastikalar issiqqa bardoshliligi bo‘yicha tanlanadi.
Ularning markalari 24.1-jadvalda berilgan.
24.1-jadval
Elimlovchi mastikalar
Mastika turi 
Komponentlar 
Marka 
Issiqqa
bardoshlilik, 
0
S
Diametr sterjeni 
egilishi, mm 


Bitumli 
Neft bitumi 
Kukun to‘ldirgich 
antiseptik 
MBK-G-65 
MBK-G-75 
MBK-G-85 
MBK-G-90 
65
75
85
90
15
20
30
35
Qatronli 
Toshko‘mir qatroni, 
kukun to‘ldirgich 
MDK-G-50 
MDK-G-60 
MDK-G-70 
50
60
70
25
30
40
Tombop 
gidroizolyasiya 
mastikalari 
tomlarni, 
qurilish 
konstruksiyalarni 
gidroizolyasiyalashda va elimlovchi material sifatida ishlatiladi. Ular gudrokam va 
rezina-bitumli 
bog‘lovchilar 
asosida 
tayyorlanadi, 
yuqori 
elastiklikka, 
egiluvchanlikka, sovuqqa chidamlilikka ega bo‘ladi.
Gudrokam toshko‘mir moylari va neft gudronining birgalikda oksidlanishi 
mahsulotidir.
Asfaltli gidroizolyasiya mastikalari quyma va suvoq usulida gidroizolyasiyalashda, 
plita va boshqa donali buyumlar tayyorlashda bog‘lovchi sifatida ishlatiladi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling