Referat mavzulari ro’yxati
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Polimer mastikalar.
Nazorat uchun savollar
1. Polimer elimlar, mastikalar, qorishmalar va betonlar haqida gapirib bering. 2. Polimerlar bilan modifikatsiyalangan qurilish materiallari to‘g‘risida aytib bering. 28- MAVZU: KO’PIK POLIETILEN POLIPROPILIN KAUCHIK Reja: 1. Polimer elimlar. 2. Germetik polimer materiallar 3. Qurilish materiallarini polimer bilan modifikatsiyalash. 1. Polimer yelimlar. Yelimlar sintetik smolalar asosida tayyorlanadi. Bog‘lovchi sifatida termoreaktiv va termoplastik polimerlar, kauchuklar, sellyuloza hosilalari va boshqa moddalar ishlatiladi. Yelimlarning xossalarini mukammallashtirish maqsadida tarkibiga erituvchilar, kukun to‘ldirgichlar, plastifikatorlar, qotiruvchilar, stabilizatorlar va modifikatorlar kiritish mumkin. Yelimlar sovuq va issiq xolatda qotadi. Polimer elimlar asosida yog‘och, plastmassa, metall, keramika, shisha, tabiiy va sun’iy toshlar, qog‘oz materiallar, rezina va boshqalar elimlanadi. Bundan tashqari polimer elimlar asosida yog‘och, temirbeton, metall konstruksiyalarni yig‘ish va montaj qilish mumkin. Yog‘och, qog‘ozlardan tayyorlangan materiallar odatda karbamidformaldegid, fenol-formaldegid polimerlari elimlari bilan, metall, keramika, shisha, plastmassa buyumlar epoksid, poliizotsionat, poliefir polimerlari asosidagi elimlar bilan elimlanadi. “Bustilat” elimi bilan polivinilxlorid linoleumlar va plitkalar, sintetik gilamlar va matodan tayyorlangan pardalarni asosga elimlanadi. Perxlorvinil elim pogonaj buyumlarni, parda materiallarni, yog‘och, beton va sh.k. buyumlarni elimlash uchun ishlatiladi. Polimer mastikalar. Polimer mastikalar sintetik bog‘lovchilar, kukun to‘ldirgichlar, plastifikatorlar, qotiruvchilar va modifikatorlar asosida olingan quyuq kompozitsion materialdir. Mastikalar qurilish materiallarini elimlash, konstruksiyalar yuzalarini etarli qalinlikda qoplash, choklarni berkitish, notekis yuzalarni to‘g‘rilash, konstruksiya va buyumlarni korroziyadan saqlash maqsadida ishlatiladi. Mastikalar elimlardan quyuqligi va kukun to‘ldirgich miqdorining ko‘pligi bilan farq qiladi. Mastikalar xossalarini yanada yaxshilash uchun tarkibiga bitum, qatron, kanifol, kazein va boshqa modifikatsiyalovchi qo‘shimchalar kiritiladi. Rezina-bitumli mastikalar polivinilxlorid linoleumlarni va plitkalarni, mato asosli o‘rama materiallarni elimlashda ishlatiladi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling