Referat mavzulari ro’yxati
Qurilish materiallarini polimer bilan modifikatsiyalash
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Betonlarni modifikatsiyalash.
3. Qurilish materiallarini polimer bilan modifikatsiyalash
Beton, yog‘och, tabiiy toshlar, gips va ohak bog‘lovchilar asosidagi materiallar va boshqalarni polimerlar bilan modifikatsiyalash usulida ularning xossalarini yaxshilash mumkin. Polimerlar bilan modifikatsiyalangan qurilish materiallarining mustahkamligi, deformativ xossalari, kimyoviy agressiv muhitlarga chidamliligi yuqori bo‘ladi. Modifikatsiyalangan materiallarning edirilishga, zarbga bardoshliligi yuqori bo‘ladi, dinamik kuchlanishlarga qarshilik qilish xususiyati ortadi. Modifikatsiyalangan qurilish materiallari kompozitsion material bo‘lib, bu erda material odatda karkas yoki birlamchi faza vazifasini, polimer esa modifikatsiyalovchi matritsa yoki qo‘shimcha vazifasini o‘taydi. Betonlarni modifikatsiyalash. Sementli betonlar polimersementli beton, betonopolimer va polimer qoplamali beton ko‘rinishlarida modifikatsiyalanadi. Polimersementli beton sement massasiga nisbatan 17-20% polimer qo‘shilib tayyorlanadi. Bunda polimer qotib mustahkam o‘ziga xos karkas hosil qilishi natijasida betonning xossalari yaxshilanadi. Mineral bog‘lovchi sifatida portlandsementdan tashqari putssolanli, shlakli sementlar, silikatli va gipsli bog‘lovchilar ham ishlatilishi mumkin. Polimer moddalar sifatida polivinilatsetat (PVA), SGS-65 GP latekslari, suvda eriydigan epoksid, atseton-formaldegid polimerlari va boshqalar qo‘llaniladi. Polimerlar odatda beton qorishma tayyorlanayotgan paytda qo‘shiladi. Betonga PVA emulsiyasini kiritib betonning cho‘zilishdagi va egilishdagi mustahkamligini oshirish mumkin. Lekin PVA emulsiyasi qo‘shilgan betonlar quruq joylarda (havoning nisbiy namligi 40-50% gacha) ishlatishga mo‘ljallangan. Ularning havoda kirishishi oddiy betonga nisbatan yuqori bo‘ladi. Buning sababi PVA emulsiyasi tarkibidan suvning bug‘lanishi va polimerning plenka xolatiga o‘tishidir. Epoksid, atseton-formaldegid kabi qotiruvchilar ishtirokida qotadigan polimerlar kiritilgan betonlarning mustahkamligi, suvga, agressiv muhitlarga bardoshliligi va suv o‘tkazmasligi ortadi. Polimersement betonlarning sovuqqa chidamliligi /150-/300 markalarda bo‘ladi, edirilishga bardoshliligi esa sementli betonlarga nisbatan 15-20 marta yuqori bo‘ladi. Polimersementli betonlar sanoat binolari, omborxonalar pollari, aerodrom va yo‘l qoplamalari qurilishida, antikorrozion qoplamalar olishda temirbeton konstruksiyalar choklarini berkitishda va boshqalarda ishlatiladi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling