Referat mavzulari ro’yxati


Polimer qoplamali betonlar


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Polimer qoplamali betonlar. Beton va temirbeton konstruksiyalarni agressiv muhit 
ta’siridan saqlash uchun yuzasi polimer kompozitsiyalar bilan qoplanadi. Polimer 
bog‘lovchi sifatida termoplastik va termoreaktiv smolalar ishlatiladi.
Polimer qoplamalar lok-bo‘yoq, pasta, mastika, qorishma, plenka va plita 
ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Himoyalovchi qoplamalar beton yuzasiga yaxshi 
yopishishi, mustahkam va elastik bo‘lishi, agressiv muhitlarga bardoshli bo‘lishi, suv 
o‘tkazmasligi kerak.
Polimer himoyalovchi qoplamalar ko‘pincha epoksid, poliefir, fenolformaldegid 
(gruntovka bilan) va sh.k. smolalar asosida tayyorlanadi. Beton yuzalarini biologik 
aktiv muhitlardan himoyalash maqsadida karbamidformaldegid, atseton-formaldegid 
singari polimerlar asosidagi lokbo‘yoqlar va kompozitsiyalar ishlatilishi mumkin.


Polimer to‘ldirgichli betonlar (fibrobeton) betonga muayyan uzunlikdagi (1000 
mm gacha) polimer tolalar (polipropilen, poliizobutilen va sh.k.) kiritib xossalari 
yaxshilanadi. Bunda betonning egilishdagi, cho‘zilishdagi mustahkamligi ortadi, 
deformativligi kamayadi, dinamik kuchlanishlarga va yoriqlar hosil bo‘lishga 
bardoshliligi ortadi. Bu polimer tolasimon to‘ldirgichlar sement toshi bilan adgeziyasi 
yaxshi bo‘lmagani sababli strukturada mexanik bog‘langan holatda bo‘ladi.
Bunday betonlar svay poydevorlari konstruksiyalari, yo‘l qoplamalari tayyorlashda 
ishlatiladi.
YOg‘ochni modifikatsiyalash. YUmshoq yog‘ochlarni (qarag‘ay, oq qayin, terak, 
osina, olxa va boshq.) polimerlarda shimdirib fizik-mexanik va ekspluatatsiya 
xossalarini keskin yaxshilash mumkin. YOg‘ochni shimdirish uchun fenol-
formaldegid, karbamid-formaldegid, furan, poliefir, kremniyorganik va sh.k. 
polimerlar va metilmetakrilat, stirol kabi monomerlar, polimer emulsiyalar va latekslar 
ishlatiladi. YOg‘ochni shimdirish ikkita asosiy jarayonlardan iborat: yog‘ochni 
polimerda (oligomerda, monomerda) shimdirish va ularni qotirish. Buning uchun 
yog‘och avval tozalangan, quritilgan bo‘lishi kerak.
YOg‘och metilmetakrilat (stirol)monomerida shimdirilsa, tolalari bo‘ylab 
siqilishidagi mustahkamligi 2-3 marta, tolalariga ko‘ndalang yo‘nalishda 4-6 marta 
ortadi. Bunda ediriluvchanligi 2 marta kamayadi. YOg‘och furan polimerlari bilan 
shimdirilganda mustahkamligi 1,5-2 marta, qattiqligi 2 marta ortadi, agressiv 
muhitlarga bardoshli bo‘ladi. Polimerlarda shimdirilgan yog‘och biologik muhitlarga 
chidamli va qiyin yonadigan bo‘ladi.
YUmshoq yog‘ochlarni polimerlarda shimdirib qattiq yog‘och materiallardan 
tayyorlanishi lozim bo‘lgan parket (dub, yasen, buk singari), plintus, galtel, eshik va 
rom qismlari olish mumkin.
Modifikatsiyalangan yog‘och asosida nam va agressiv muhitlarda ishlaydigan 
yig‘ma yog‘och konstruksiyalar, buyumlar va qismlar tayyorlanadi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling