Referat mavzulari ro’yxati


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Betonpolimerlar beton buyum va konstruksiyalarni polimerlarda shimdirib olinadi. 
Ma’lumki, beton strukturasida kontraksion va texnologik mikro va makro g‘ovaklar, 
bo‘shliqlar, 
mikroyoriqlar 
va 
mikrokanallar 
mavjud 
bo‘lib, 
betonning 
mustahkamligiga, zichligiga va ekspluatatsiya xususiyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Zich to‘ldirgichlar asosida olingan betonda 8-20% g‘ovaklik bo‘ladi. Ushbu 
g‘ovaklikni qisman yoki butunlay polimerlarda shimdirish usuli bilan to‘ldirish 
betonning xossa va xususiyatlarini keskin yaxshilashga olib keladi.
Betonni shimdirish uchun termoplastik (metilmetakrilat, stirol va sh.k.) va 
termoreaktiv (epoksid, poliefir, atseton-formaldegid va sh.k.) polimerlar va ular 
asosidagi kompozitsiyalar ishlatiladi. Bundan tashqari beton PVA emulsiyasi, SGS-65 
GP lateksi va boshqa polimerlar bilan ham shimdirilishi mumkin. Betonni shimdirish 
usulida modifikatsiyalash murakkab texnologiya hisoblanib, quyidagi asosiy 
jarayonlardan iborat: beton buyumni tayyorlash; 105-110
0
S haroratda 10-20 s 
davomida turg‘un massagacha quritish; vakuum yoki bosim ostida betonni polimerga 
shimdirish; harorat ta’sirida yoki kimyoviy usulda polimerni beton g‘ovaklarida 
qotirish.
Beton polimerga shimdirilganda siqilishga mustahkamligi 2-10 marta, cho‘zilishga 
mustahkamligi 3-10 marta ortadi. Betonpolimerlarning suv o‘tkazmasligi, korroziya 
muhitlariga bardoshliligi, sovuqqa chidamliligi (5000 sikldan ham yuqori) keskin 
oshadi.
Betonni polimer bilan shimdirishdagi samaradorligi polimerlarning shimilish 
chuqurligiga bog‘liq bo‘ladi.
Betonpolimerlar kimyo va metallurgiya sanoati qurilishida, kimyoviy muhitlarga 
chidamli pollar, poydevorlar, kollektor va drenaj quvurlari tayyorlashda va boshqa 
joylarda ishlatilishi mumkin. Tom qoplama plitalarini bir tomondan 10-15 mm gacha 
polimerlarda shimdirish juda yaxshi samara beradi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling