Referat mavzulari ro’yxati
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kukun bo‘yoqlar.
Kazeinli bo‘yoqlar kazein, pigment, bo‘r, ohak va bura aralashmasini qurilish
maydonida qaynoq suvda eritib olinadi. Bo‘yoq tarkibiga kiritilgan ohak uning suvga va atmosfera muhitiga chidamliligini oshiradi. Pastali bo‘yoqlar. Pastali bo‘yoq tarkiblari sintetik smola yoki polimerlarning suvdagi dispersiyasi bog‘lovchilari asosida tayyorlanadi. Bo‘yoq tarkibiga kukun to‘ldirgich sifatida sement, gips, gipssement, gipssementputssolan va boshqalar ishlatiladi. Masalan, “Defas” pastasi tarkibi VD- VA-17 markali polivinilatsetat bo‘yog‘i, kvars qumi va marshalit asosida olinadi. Bino va inshootlarni bezashda pastali bo‘yoqlar asosida bir yo‘la 1000 mkm qalinlikdagi qoplamalar olish mumkin. Pastali bo‘yoqlar bilan binolar bezatilganda suvoqchilik ishlariga zarurat bo‘lmasligi mumkin. Pastali bo‘yoqlarni yuzalarga surkash yoki sepishni to‘la ravishda mexanizatsiyalashtirish imkoniyati bor. Kukun bo‘yoqlar. Kukun bo‘yoqlar qattiq polimerlar, o‘ta mayda to‘ldirgich, pigmentlar va modifitsirlovchi maxsus qo‘shimchalardan iborat dispers quruq qorishmalardir. Ularning dispersligi 10-100 m 2 kg oralig‘ida bo‘lib, o‘ta sochiluvchanlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Kukun bo‘yoqlar tomchi-suyuq holatidan quruq eritma holatiga maxsus apparatlar vositasida o‘tkaziladi. Kukun bo‘yoqlar yuzalarga surtilganda monotilizatsiyalanadi, ya’ni material zarrachalari birlashib va qotib kimyoviy muhitlarga chidamli qoplama hosil qiladi. Bog‘lovchi sifatida termoreaktiv (epoksid, poliefir, poliuretan) va termoplastik (polietilen, polivinilxlorid, poliamid) polimerlar ishlatiladi. Quruq bo‘yoq qorishmalari keng oraliqdagi haroratda va vaqt davomida shakllanadi. Himoyalanuvchi yuzaga quruq bo‘yoq tarkiblari maxsus pistolet yordamida qizdirilgan holda qoplanadi. Kukunli bo‘yoqlar yuqori mustahkamlik, zichlik, suv va korroziya muhitiga chidamlilik bilan oddiy bo‘yoqlardan farqlanadi. Hozirgi kunda quruq bo‘yoq tarkiblar rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan. Ularni tashish, saqlash tejamli, ishlatish esa juda qulaydir. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling