30- MARUZA: SEMENTLI, OHAKLI,SILIKATLI VA ELIMLI BO’YOQLAR.
Reja:
1. Ohakli bo’yoqlar
2. Silikatli bo’yoqlar
Ohakli bo‘yoqlar so‘ndirilgan ohak bog‘lovchisi asosida olinadi.
Ularning suv
ushlashlik xususiyatini oshirish
uchun tarkibiga kalsiy xlorid, osh tuzi,
maxsus
polimerlar kiritish kerak. Ohakli bo‘yoqlarning atmosfera muhitiga chidamliligi
yuqori emas.
Sementli bo‘yoqlar oq va rangli sementlar asosida tayyorlanadi. Ularning suv
ushlashlik xususiyatini yaxshilash maqsadida tarkibiga ohakpushonkasi, kalsiy xlorid,
polimerlar va boshqalar qo‘shiladi. Sementli bo‘yoqlar binolarning tashqi tomonidan
va namlik yuqori bo‘lmagan xonalarni ichki tomondan beton va suvoq yuzalarni
bezash uchun ishlatiladi.
Silikatli bo‘yoqlar suyuq shisha tarkibida pigmentlar
va aktiv mineral dispers
kukunlarning (trepel, opoka, diatomit va sh.k.) suspenziyasi bo‘lib, suv muhitiga
chidamlidir. Silikatli bo‘yoqlar bilan
bino fasadlari bezatiladi, namlik yuqori
bo‘ladigan xonalar hamda yonishdan saqlash maqsadida yog‘och
konstruksiyalar
himoyalanadi.
Elimli bo‘yoqlar hayvon yoki o‘simlik elimlarining suvdagi eritmasida pigmentlar
va bo‘r kukuni aralashmasidan tashkil topgan. Ular yuqori namlikka chidamli
bo‘lmagani uchun quruq ichki xonalar suvoqli yuzalarini qoplashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: