Referat mavzulari ro’yxati


Suvli bo‘yoq tarkiblar uchun bog‘lovchilar


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Suvli bo‘yoq tarkiblar uchun bog‘lovchilar mineral, hayvon va o‘simliklardan 
olinadigan elimlar asosida bo‘ladi. Mineral bog‘lovchilar sifatida portlandsement
ohak, suyuq shisha va boshqalar ishlatiladi. Odatda oq va rangli sementlar ishlatiladi. 
Ohak va silikat bo‘yoqlar bilan binolarning fasadi va ichki tomoni bo‘yaladi.
Elimlar. Hayvonot dunyosi chiqindilari va o‘simliklardan tayyorlanadigan sun’iy 
va sintetik elimlar suvli bo‘yoq tarkiblar olishda ishlatiladi.
Hayvon elimi suyak va mezdra (go‘shtparda) elimiga bo‘linadi. Elim plitka, 
donachalar va kukun holda ishlab chiqariladi. Elim nam tortib buzilmasligi uchun 
quruq joyda saqlanadi.
Kazein elimi- kazein, so‘ndirilgan ohak va mineral tuzlar aralashmasidan iborat 
bo‘lib, suv bilan massaga ko‘ra 1:2 nisbatda aralashtirilganda bir jinsli eritma hosil 
bo‘ladi. Kazein elimi gruntlash va shpaklevka tarkiblari tayyorlash uchun ishlatiladi.
O‘simlik elimi kraxmal, dekstrin, un va o‘simlik ildizlari quritilgan qismlarini 
qaynoq suvda qorishma holda tayyorlanadi. Elim bo‘yoq, grunt, shpaklyovka 
tarkiblari olishda, gulqog‘ozlarni elimlashda ishlatiladi.
Sintetik elim natriyli karboksilmetilsellyuloza (KMS) va metilsellyuloza 
smolalarning suvdagi qorishmasidan tarkib topgan. Ular elimli va mineral bo‘yoqlar 
tayyorlashda, gul qog‘ozlarni elimlashda ishlatiladi.


Polivinilatsetat emulsiyalari polivinilatsetat polimerini suvdagi yoki suv-spirtdagi 
suyultirilgan elimlari bo‘lib, ular asosida mastika va shpaklevka tarkiblari 
tayyorlanadi.
Moyli emulsiyalar olifdan, ohak sutidan va hayvon elimi eritmasi va boshqalar 
asosida maxsus apparatlarda olinadi. Emulsiya bevosita ishlatilishdan avval 
tayyorlanishi maqsadga muvofiqdir.
3.2 Pigmentlar va to‘ldirgichlar 
Pigmentlar bo‘yoq tarkiblariga rang berish, fizik-mexanik xossalarini yaxshilash
atmosfera va korroziya muhitiga bardoshliligini oshirish maqsadida qo‘shiladi. 
Pigmentlar suvda, moyda va boshqa erituvchilarda erimaydigan quruq kukun holdagi 
dispers sistemalardir. Ular bo‘yoq tarkiblarga rang berishdan tashqari kukun 
to‘ldirgich vazifasini ham o‘taydi.
Pigmentlar kelib chiqishiga ko‘ra mineral va organik, olinishiga nisbatan tabiiy va 
sun’iy klasslarga bo‘linadi (12.2-jadval).
Tabiiy mineral pigmentlar tabiiy tog‘ jinslarini, tuzlarni kukun holatgacha maydalab, 
elab olinadi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling