Referat mavzulari ro’yxati
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
aytiladi.
Asbob va uskunalar. Le-SHatele hajmo‘lchagich,elektron tarozi, quritish javoni, suv. Ishlash tartibi. Qattiq materiallarning haqiqiy zichligi Le-SHatele hajm o‘lchagichida aniqlanadi (1-rasm). Bu asbob bo‘yni ingichka va hajmi 120-150 sm 3 bo‘lgan shisha kolbadan iborat, kolba bo‘ynining o‘rta qismi yo‘g‘onlashtirilgan (dumaloq shakl berilgan), shu dumaloq qismdan yuqoriga va pastga ikki chiziq tortilgan, kolbaning mazkur chiziqlar orasidagi hajmi 20 sm 3 ni tashkil etadi. G‘ishtning haqiqiy zichligini aniqlash uchun uni quritish javonida 110±5 o S haroratda massasi o‘zgarmaydigan holga kelguncha quritiladi, so‘ng yaxshilab tuyib 0,2 nomerli elakdan o‘tkaziladi, (elakning 1 sm 2 joyida 900 teshik mavjud). Eksikatordagi tayyor namunadan torozida 0,01 g gacha aniqlikda 60 g tortib olinadi va shu material asbobga voronka orqali qoshiqda oz-ozdan (to asbobdagi suyuqlikni sathi 20 sm 3 to‘g‘risidagi chiziqqa yoki asbobning darajalarga bo‘lingan yuqorigi qismidagi chiziqqa etguncha) tashlab turiladi. Hajmo‘lchagichdagi suyuqlikning eng so‘nggi va dastlabki sathlari orasidagi tafovut asbobga solingan kukunning hajmini bildiradi. Kukun qoldig‘i tarozida tortiladi. Hajmo‘lchagichdagi kukunning massasi materialni tarozida birinchi marta va ikkinchi marta tortish natijalari o‘rtasidagi tafovutga teng. Materialning haqiqiy zichligi formula bo‘yicha hisoblab topiladi va natija jadvalga to‘ldiriladi. № Massa, g Siqib chikaril- gan hajm, sm 3 Zichlik, g/sm 3 olingan miqdor (m) ortib qolgan miqdor (m 1 ) hajm o‘lchagichdagi material 1 2 3 Zichlikning o‘rtacha qiymati - …………kg/m 3 Hisoblash formulasi: 0 1 v m m . 1-rasm. Zichlikni aniqlaydigan asbob. G‘ISHTNING G‘OVAKLIGINI ANIQLASH (hisoblash usuli bilan) Umumiy tushuncha va hisoblash formulasi. Materialning g‘ovakligi deganda, material hajmining g‘ovaklar bilan to‘lganlik darajasi tushuniladi. Materialning hajmi ayni paytda g‘ovaklar va kovaklarni ham o‘z ichiga olishi mumkin. G‘ovaklar materialning suv yoki havo bo‘lgan mayda teshiklaridan iborat, kovaklarni esa erkin to‘kib qo‘yilgan materialning bo‘laklari orasidagi katta bo‘shliqlar tashkil etadi. Qurilish materiallarining g‘ovaklilik darajasi har xil bo‘ladi. Masalan, shisha va metallning g‘ovakligi 0%ni, g‘ishtniki 25-35% ni, oddiy og‘ir betonniki 5-10% ni, gaz betonniki 55-85% ni, poroplastniki esa 90- 95% ni tashkil etadi. Sochiluvchan materialning haqiqiy g‘ovakliligi oddiy g‘ovaklik deb ataladi va quyidagi formula yordamida topiladi. Bizning misolimizda materialning to‘kma zichligi, haqiqiy zichlik o‘rnida, material donalarining o‘rtacha zichligi olinadi. Hisoblash formulasi 100 1 0 х F G‘ishtning zichligi-………….g/sm 3 G‘ishtning o‘rtacha zichligi-…………g/sm 3 G‘ishtning g‘ovakligi - ……………% G‘ISHTNING SUV SHIMUVCHANLIGINI ANIQLASH Asbob va uskunalar. Quritish javoni, suv, suv solishga idish, tarozi. Ishlash tartibi. 3 ta butun yoki yarimta g‘isht harorati 15-20 0 S li suv to‘ldirilgan idishga 48 soat yoki qaynab turgan suvga 4 soat solib qo‘yib suvga to‘yintiriladi. SHu muddat o‘tganidan keyin ular 105-110 0 S issiqda, to massasi o‘zgarmaydigan bo‘lguncha quritiladi; so‘ngra tarozida ketma-ket ikki marta tortiladi, birinchi marta tortib aniqlangan massa bilan ikkinchi marta aniqlangan massa orasidagi tafovut 0,2% dan katta bo‘lmasa, uni barqaror massa deyish mumkin. G‘ishtlar obdon soviganidan keyingina tarozida tortilishi lozim. Quritilgan g‘ishtlar birinchi marta tortilib, oradan kamida 3 soat o‘tgach (ularni quritish va sovitishga ketgan vaqt ham shu hisobga kiradi), ular ikkinchi marta tortib ko‘riladi. G‘ishtlarni suvga to‘yintirish tartibi quyidagicha: g‘ishtlar harorati 15-20 0 S li suv quyilgan idishga solib qo‘yiladi, suvning sathxi g‘ishtning ustki yuzasidan hisoblaganda 2-10 sm baland bo‘lishi lozim. G‘ishtlar 48 soatdan keyin suvdan olinadi, xo‘l latta bilan artiladi va darxol tarozida tortiladi, g‘ishtdan tarozi pallasiga oqib tushgan suvning massasi ham g‘ishtning massasiga qo‘shiladi. № O‘lchamlari, sm Hajmi, sm 3 Quruqmas sasi, m Suv shimgan massasi, m 1 Vazni bo‘yicha suv shimuv- chanlik, % Hajm bo‘yicha suv shimuvchan- lik, % uzun- ligi eni baland -ligi 1 2 3 Hisoblash formulasi: ; 100 1 m m m C ш Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling